Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Qutadg‘u bilig
» asarini kiritish mumkin. 
«Qutadg‘u bilig» asari she’riy pandnoma bo‘lib, podsho Kuntug‘di, dono vazir 
Oyto‘ldi, Oyto‘ldining o‘g‘li O‘gdulmish o‘rtasidagi suhbatdan iboratdir. Bu 


53 
asarning uch qo‘lyozma nusxasi fan ahliga ma’lum. Ulardan 1439 yilda uyg‘ur 
xatida ko‘chirilgan Hirot nusxasi hozir Venada va XIV asrda kitobat qilingan deb 
taxmin qilinayotgan nusxa Qohirada saqlanmokda. Arab yozuvidagi Namangan 
nusxasi XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu nusxa 
asosida Qayumjon Karimov asarni 1971 yilda kirill alifbosidagi nashrini tayyorlab, 
chop qilgan. «Qutadg‘u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham muhim 
asardir. Unda o‘sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo‘lgan til faktlari 
hisobga olingan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, «Qutadg‘u bilig» asarida
Yusuf Xos Hojib o‘sha davr tilini ma’lum bir tizimga soldi va adabiy tilni 
rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shdi. 
Asarga asos bo‘lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar 
mavjud. Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo‘lsa-da, qatiy bir 
fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkripsiyasini beradi. Chunki u 
asar tilini oltoy tillaridan sayhon tiliga yaqin, deb hisoblagan. Radlov «Oltoy
nazariyasi»ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tilida 
so‘z boshi va oxirida kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo‘ladi. Ammo intervokal 
pozitsiyada undoshlar jarangli bo‘lishi mumkin. O‘zining shu nazariyasiga 
asoslanib, «Qutadg‘u bilig»ning transkripsiya qilib chikdi. Mazkur transkripsiya 
asosida 1891 yilda nemischa tarjimasi e’lon qilindi. Radlovning bu qarashlarifanda
ko‘p e’tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar daniyalik olimi 
Tomsen tarafidan ko‘rsatilgan edi. Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga 
hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. 
Balki, u «Qutadg‘u bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen 
«Qutadgu bilig» asarini tekshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi. 
Malov bu asarni bir o‘rinda chig‘atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa, 
boshqa bir o‘rinda uni uyg‘ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning arabcha 
ko‘chirilgan nusxalari XI asr uyg‘ur tilini ravshan aks ettiradi deb ta’kidlaydi. 
Sharqshunos olim Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) kitobida bu asar 
tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.Valitova mazkur asarni 
qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e’tirof qildi. Q.Karimov asar tili 


54 
Bug‘roxon qo‘l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy 
qabilalar uchun tushunarli bo‘lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o‘sha davr 
turk qabilalari tillari asosini o‘zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg‘u 
bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat’iy 
fikrga kelish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari 
ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o‘sha davr normalarini aks 
ettirgan.
Davr fonetik xususiyatiga ko‘ra asarda 9 ta unli tovush (i, ә, e, ү, ө, ы, a, u, 
o), 28 ta undosh tovush qo‘llangan. Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Doston 
tilida “y” o‘rnida “d” qo‘llash hodisasi ustun darajada: 
kedin
– keyin, 
beduk
– 
buyuk, 
qadg‘u
- qayg‘u, 
o‘dan
– uyg‘on, 
adaq
- oyoq singari. 
«Qutadg‘u bilig» asarida qo‘llangan 3370 ta leksemaning 2817 tasi 
turkiy (85 %), 416 tasi arabcha, 91 tasi fors-tojikcha, 7 tasi sanskritcha, 7 tasi 
so‘g‘dcha, 6 tasi xitoycha, 7 tasi arabcha+forscha, 2 tasi arabcha+yunoncha, 2 tasi 
sanskritcha + forscha, 1 tasi forscha+hindcha, 1 tasi arabcha+lotincha birlik 
sanaladi.
Dostonda turli sohaga doir so‘zlarni uchratish mumkin. Jumladan, ijtimoiy-
siyosiy terminlar: mansab va lavozimni ifodalovchi terminlar 
(aγïči, bitigči),
diplomatik atamalar 
(elčï, yumuščï)
; harbiy terminlar 
(yatγaq, pusuγ)
; savdo-sotiq 
terminlari
(satïγ

aγïčï)
; tibbiy terminlar
(mitridus, čurnï)
; antroponimlar
 
(Afrasiyab, Faridun
); oziq-ovqat va ichimlik nomlari 
(lewäš, etmäk) 
va hokazo. 
Dostonda qo‘llangan 
yeδgü
«ezgu», 
inč
«tinch», 
yalŋuz
«yolg‘iz», 
yaqšï 
«yaxshi», 
yïδ
«hid», 
yaγmur
«yomg‘ir», 
ögrän=
«o‘rgan» kabi turkiy so‘zlar 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonetik, 
adaš//aδaš
«do‘st», 
ayït=
«so‘ramoq», 
tiril= 
“yashamoq», 
ögtäm
«kibrli» kabi leksemalar semantik o‘zgarishlar bilan 
qo‘llanadi. 
Ersig
«mard, jasur», 
arïγ
«toza», 
alčaq
«saxovatli, yumshoq ko‘ngilli», 
umdučï
«tamagir», 
saran
«xasis», 
irig
«dag‘al, qo‘pol», 
ersäl// irsäl
«bevafo», 
qumaru 
«meros, esdalik» singari leksemalar esa bugungi kunda iste’moldan 
chiqqan. 


55 
Asar matnida ifodalangan 
qonuq
«mehmon», 
iŋäk
«sigir», (Qashqadaryo, 
Surxondaryo shevalari), 
börk
«qalpoq» (Xorazm shevalari), 
šatu
«narvon», 
ǯiča
«ozgina» (Farg‘on, Andijon shevalari) kabi so‘zlar hozirgi o‘zbek shevalarida 
saqlanib qolgan
10

Asarda O‘rxun-Enisey yodgorligiga oid so‘zlar anchagana: 
bodun
- xalq, 
qamuq - 
hamma, 
tөra
- qonun, 
bayat 
- xudo, 
өd 
- vaqt, 
otachi
– tabib, 
bitigchi
– 
kotib, 
bilga 
– dono, 
ujuz
– arzon, 
tangri

alp
– botir. 
Doston tilida qadimgi turkiy manbalar va undan keyin yaratilgan 
yodnomlarda uchramaydigan leksik birliklar mavjud.: 
qopdaq 
«baxil, qizg‘anchiq; 
ochko‘z», 
qoquz
«bo‘sh, xoli; oz, kam», 
köksä=
«ko‘kka, osmonga ko‘tarilmoq»

uluγ kün–
«qiyomat», 
qara yüz

«xizmatkor» va hokazo. 
Yusuf Xos Hojib omonim, sinonim va antonimlardan ham unumli 
foydalangan: 
at 
(zoonim) - 
at 
(ism) - 
at
(otmoq);
achыg‘
(achchiq) - 
achыg‘
(toza), qiz (inson) - qiz (qimmatbaho) kabi omonimlar,
yaruq

qaraqu,
xosh//yaxshi - yaman, yumshaq - qatыg‘, achыg‘-tatg‘; beduk – qodu, uchshtah 
(do‘zax)
 

tamug‘
(do‘zax) kabi antonimlar,
achыg‘ - suchug, sevinch – qosh 
yozmoq, ich so‘z – sir, tabassum qilmoq – ko‘z yozmoq
kabi sinonimlarni uchratish
mumkin.
Dostonda sanskrit, so‘g‘d, arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan leksemalar 
ham ko‘zga tashlanadi
: čurnï
«surgi dori», 
sart
«savdogar»; 
ačun 
«olam, dunyo», 
bag‘
«bog‘», 
uštmah 
«jannat»; 
mashriq, kitob, laqab, ayb, firoq; dushman, azad, 
fano, pandnoma 
singari. Umuman, «Qutadg‘u bilig» asari XI asr qabila tillarini 
birlash- tirish va rivojlantirishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy o‘z davrining atoqli olimi 
sifatida 1076\1077 yilda tilshunoslikka oid “

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish