bon (-von)
qo‘shimchasi asos so‘zdan anglashilgan predmet yoki
ob’ektga ega shaxs nomini yasaydi. Bu qo‘shimcha asl turkiy so‘zlar tarkibida
kamdan kam uchraydi: "
Hind eli kecha - kunduzni bir gari deb turlar, yana
kechani to‘rt va kunduzni to‘rt qismat qilibturlar. Har qaysisi bir pahr
debdurlarkim, forsida pos bo‘lgay. Ul viloyatlarda pos va posbon eshitilur edi. Bu
xususiyat bizga ma’lum emas edi
".
107
Shunday qilib, Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari o‘zbek xalqi va
tilining tarixini aniq, mukammal ifodalovchi boy meros hisoblanadi.
Ma’naviy merosni, madaniyat va san’atni keyingi avlodlarga yetkazadigan
muhim vosita yozuvdir. Turkiylar o‘z uzoq tarixlarida ko‘plab yozuvlardan,
chunonchi, turk-runiy, arab, uyg‘ur yozuvlaridan foydalanganlar. Bobur arab
yozuvida savod chiqargan va umri bo‘yi shu yozuvda ikki-uch tilda matn bitgan,
bu yozuvning ifoda imkoniyatlari, o‘zlashtirish usullarini yaxshi bilgan. Shuning
uchun u bu yozuvni yanada mukammallashtirish, osonlashtirish, so‘zni har xil
o‘qish nuqsonlarini bartaraf etish uchun yangi yozuv yaratishga kirishgan.
Boburning ma’naviy jasoratlaridan biri – 1504 yilda 21-22 yoshida
“Xatti
boburiy”
alifbosini ixtiro qilishidir. Kobul ta’rifi, u yerdagi voqea-hodisalarni
bayon qila turib bu haqda shunday yozadi: “
Kobulning daromad va hosilini bilmay
mundoq kulliy tahmil bo‘lg‘oni uchun viloyat xeyli xarob bo‘ldi. Ushbu
mahallarda Boburiy xatni ixtiro qildim
”
29
. Mazkur alifbo hazrat Navoiy
shakllantirgan mumtoz o‘zbek adabiy tili rivojini yangi bosqichga ko‘tarish
maqsadidan kelib chiqadi. Shu o‘rinda aytish joizki, Bobur Mirzo turkiy tilning
boy ohang va tovushlarini to‘liq ifoda etishga imkon beradigan yangi alifbo
yaratish zarur degan fikrga keladi. Chunki turkiy tilda arab tiliga nisbatan unli
tovushlar ko‘proq. Bizdagi e, o‘ kabi tovushlar arab tilida yo‘q. Shuning uchun
et
so‘zi
it
,
qo‘sh
esa
qush
tarzida yoziladi. Holbuki, ularning ma’nolari o‘rtasida katta
tafovut mavjud. Arab alifbosi tilimizdagi mana shunga o‘xshash nozik jihatlarni
aks ettira olmasligi asrlar davomida muammoli vazifa bo‘lib keldi. Qolaversa, bu
masala dastlab Mahmud Koshg‘ariy, so‘ngra Alisher Navoiy tomonidan ham
ta’kidlab o‘tilgan edi. Aytish kerakki, har bir alifbo qaysi tilda yaratilgan bo‘lsa,
o‘sha tilning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Arab alifbosi ham shu tilning
imkoniyatlarini ifodalaydi. Bu alifbo forsiy tilning xususiyatlariga mos kelmagani
bois bundan ming yil oldin unga qo‘shimcha tarzda to‘rtta harf kiritilgan (je, pe,
gof,). Bobur yangi alifbo yaratishda mana shu tajribani ham hisobga olgan. Ayni
29
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.132.
108
vaqtda, u turkiy xalqlar yaratgan qadimiy alifbolarni ham o‘rgangani, shubhasiz
30
.
Buni mashhur g‘azallaridan biridagi yakuniy baytda ko‘ramiz:
Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong,
Boburiy xatti emasdur, xatti sig‘noqidurur.
Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir
Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoyib at-tabaqot” asarida o‘n to‘rtta
alifbo keltirilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatti boburiydir. Uning boshlanishiga
Xatti boburiy inast
deb yozilgan. Shundan so‘ng xatti boburiyning 28 harfi
keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan
31
. S.Azimjonovaning
yozishicha, “Xatti boburiy” 28 ta arab harflariga asoslangan yangi alifbodir. Bobur
o‘z alifbosini arab alifbosidagi zeru zabarlardan xoli qildi. Ayni paytda, bu
alifboga keyinchalik kiritilgan to‘rt forsiy harflarni chiqarib tashlandi
32
.
“Boburnoma”da “Xatti boburiy” qaysi maqsadda kashf etilgani yozilmagan
bo‘lsa-da, taxmin qilish mumkinki, muallif arab yozuvining turkiy til talablariga
javob bermaydigan o‘rinlari borligini anglagan. Uning o‘z xalqining madaniy
taraqqiyotiga mos yangi alifboni yaratishga intilishi uning yuksak filologik
ma’rifati va ilm sohasidagi jasoratidan dalolat beradi
33
.
Bobur zamonida yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish
oson emasdi. Chunki arab yozuvi — «Qur’on» yozuvi edi. Shuning uchun Boburiy
xattini amaliyotga joriy qilish niyatida Bobur bu xatda, avvalo, Qur’oni karimdan
ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga jo‘natadi. Ammo
yozuvni davlat miqyosida joriy etishga Makkadan ruxsat kelmaydi. Shu bois
mazkur xat faqat Boburning o‘g‘illari, yaqinlari orasidagi yozishmalarda amal
qilgan, xolos.
Boburiy xatining amaldagi arab yozuvidan farqi va afzalliklari imloda so‘z
aniqligi,
yozish
hamda
o‘qishning qulayligi bilan izohlanadi. Buni
30
Қодиров П. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б. 217-218.
31
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент, 2006.
– Б. 116-117.
32
Азимжонова С. Бобурнинг ҳинд девони. – Тошкент, 1960. -Б. 31.
33
Стеблева И.В Захириддин Мухаммад Бабур - поэт, прозаик, ученый. – Ташкент, 1983. – С. 26.
109
«Boburnoma»da keltirilgan quyidagi parcha mazmunidan ham bilib olish mumkin:
«Murg‘obta mirzolar bila muloqot qilganda, Qozi Ixtiyor Muhammad Mir Yusuf
bila kelib meni ko‘rdilar. Boburiy xattidin so‘z chiqdi, mufradot (harflari)ni tiladi,
bitidim. O‘shal majlisda mufradotni o‘qub qavoidini bitib, nimalar bitidi»
34
.
Jumlalardan ma’lum bo‘ladiki, Boburiy xatining o‘qish va yozishga qulayligi bois
u bilan ilk bor tanishgan kishi uni o‘rganish jarayonidayoq birmuncha so‘zlarni
yoza olgan.
Muhammad Solih (1455 yilda Xorazmda tug‘ilgan) o‘z zamonasining eng
ma’rifatli kishilaridan bo‘lishi bilan birga talantli shoiri ham bo‘lgan. Temuriylar
dargohida ko‘ngli tilaganday yaxshi mavqega erisholmagan Muhammad Solih
1499 yilda Shaybonixon xizmatiga boradi. Uning 1506-1507 yillarda yozilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |