99
ta’kidlanadi. Oziq-ovqatning ham yigirmata turi qayd etilib, ular sartlarda yo‘q
ekanligini aytiladi.
5. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o‘zbek tilining so‘z yasalish borasidagi boy
imkoniyatini
namoyish qilib, o‘zbek adabiy tilining grammatik me’yorlarini
belgilashda ham samarali ishlagan. Bu ixcham grammatik normalar orqali yangi
so‘zlar hosil qilish, yangi ma’no ifodalashga e’tibor bergan. Xususan,
-
chi
yasovchi vositasining imkoniyati kengligi, asos qismga qo‘shilib, bu qismning
ma’nosi bilan bog‘liq turli shaxs otlarini hosil qilishini bayon qiladi:
qushchi,
qo‘ruqchi, tamg‘achi, jibachi, yo‘rg‘achi, kemachi, qo‘ychi, qazchi, quvchi,
turnachi, kiyikchi.
Yana -vul
affiksi yordamida shaxs oti hosil bo‘lishini ko‘rsatadi:
xiravul, qaravul, chingdavul, yankavul, so‘zavul, patavul, kiptavul, yasavul,
bakavul, jig‘avul, dakavul.
Shuningdek, ot yasovchi
-l affiksi ham mavjudligini
bayon qiladi
: qahal, yasal, qabal, tunqal, to‘sqal, suyurg‘al.
6. Fe’lning birgalik darajasi -sh (shin) harfi bilan hosil qilingan:
chapishmaq, tapishmaq, quchushmaq
. Bu me’yor hozirgi o‘zbek tilida ham faol
qo‘llanadi. Fe’lning orttirma darajasi -t affiksi bilan yasalgan:
yugurt, qildirt,
chiqart
. Navoiy asarlarida – g‘ach, -gach affiksi ketma-ketlik, uzluksizlik
ma’nolarida qo‘llanilgan:
aylag‘ach,yetgach
kabi. Mazkur qo‘shimcha
hozirgi
adabiy tilida payt ma’nosini ham bildiradi. Ravishdoshning -gan shakli (
tegach,
aytgach, barg‘ach, yarg‘ach, tapqach, satqach
) fe’lga qo‘shilib, uning ma’nosiga
«sur’at yo‘sunluq» bir ma’no yuklagan.
7. Harakatni bajarishga tayyorlanish, intilish kabi ottenkalar ravishdosh
yasovchi -dek, sifatdosh yasovchi -g‘u//-ku//-gu//-ku affikslari bilan ifodalanadi:
barg‘udek, urg‘udek, aytgudek, so‘rg‘udek
kabilar. Shuningdek, yetakchi fe’lga
ko‘makchi fe’llar qo‘shilib, unga qo‘shimcha ma’no yuklashini aytadi:
bila ko‘r,
qila ko‘r, keta ko‘r, yeta ko‘r
kabi.
8. «Muhokamat-ul-lug‘atayn»da turkiy xalq va qabilalar,
qavmlar tili,
Movarounnahr va Xurosondagi irqiy hamda shevaga xos manzara alohida tilga
olingan. Yetmish ikki til, yetti iqlimning har birida necha mamlakat va viloyat
borligi, har qaysi mamlakatda qancha shahar, qasaba (qishloq), kent mavjudligi, bu
100
joylarda, dashtlarda, orollarda, daryo sohillarida turli
ulus va qabilalar yashashi,
turkiy tillar, turkiy lahja hamda shevalar to‘g‘risida qayd etiladi:
“Agar
mubolag‘asiz ijmol yuzidin qalam surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa,
yetmish ikki nav’ bila taqsim toparida, xud hech so‘z yo‘qturki, yetmish ikki firqa
kalomig‘a dalolat qilg‘ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurkim, rub’i maskunning
yetti iqlimidin har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahar va
qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishin ulus va har tog‘ning
qo‘llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va savohilida ne tavoyif bor.
Har jamoat alfozi o‘zgalaridin va har guruh iborati yonalaridin mutag‘ayyir va
bir necha xususiyat bila mutamayyizdurki, o‘zgalarda yo‘qtur”.
Asarda umumiy tarzda zikr etilgan ulus, qabila, jamoat va guruhlarning qaysi
qabila, urug‘, xalqqa mansubligi ochiq ko‘rsatilmasa-da, shoir asarlari tilining
tahlili bu masalaga oydinlik kiritishga ko‘maklashadi.
Ilmiy izlanishlardan ayyon bo‘ladiki, mutafakkir asarlarida qarluq, o‘g‘iz va
qipchoq lahjalariga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Sir emaski, Navoiyga qadar
adabiy tillarda yuzaga kelgan bo‘lib, ular biri-biridan farq qilar edi.
Navoiy
dahosining qudrati shunda kuzatiladiki, u o‘zining amaliy-badiiy faoliyati bilan
turli til, lahja va shevalarga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarni
umumlashtirdi, muayyan me’yorga solib, sayqallashtirdi. Shu tariqa,
yagona
adabiy tilga asos solib, uni yuqori cho‘qqiga olib chiqdi. Kezi kelganda aytish
kerakki, bu til Xitoydan Xurosongacha bo‘lgan katta xududda yashovchi barcha
turkiylar uchun adabiy til vazifasini o‘tagan.
Do'stlaringiz bilan baham: