97
tushuntirib berdi. Asar Navoiy hayotining so‘nggi yillarida, ya’ni hijriy 905,
melodiy 1499 yilda yozilgan.
“Muhokamatul- lug‘atayn”ning to‘rt qo‘lyozmasi ma’lum:
1.
Istambuldagi To‘pqopi muzeyidagi nusxa 1497 yilda ko‘chirilgan.
2.
Istambuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi.
3.
Parij nusxasi 1526-1527 yillarda kitobat qilingan.
4.
Asarning yana bir qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanadi.
Asar birinchi marta 1841 yili Parijda M.Katremer tomonidan nashr etilgan.
So‘ngra 1882 yili Bog‘chasaroyda I.G‘aspirali, 1895 yili Istambulda Ahmat Javdat
e’lon qilgan. Toshkentda Parso Shamsiev asarni uch qayta bostirgan: 1940 yili
O.Usmon bilan hamkorlikda lotin alifbosida kirish so‘z, matn va hozirgi o‘zbekcha
talqinini berdi. Yana 1948 va 1967 yillarda o‘zi tomonidan kiril xatida chop
ettirilgan. Ushbu nashrlarga asarning Parij nusxasi asos qilib olingan. 2017
yilda
Q.Sodiqov asarning Sulaymoniya kutubxonasidagi nusxasi tahlili, tabdili, talqinini
“Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” nomi ostida e’lon qilgan.
Asarda Navoiy arab, turkiy, forsiy, hindiy tillarini keltirib,
ularning ichida
arab tili nafisligi va badiiy bezagi bilan ajralib turishini uqtirib o‘tadi. So‘ngra uch
nav til borki, bular asl va mo‘tabardir, deya ta’kidlaydi. Keyinchalik, muallif turkiy
va sart tilining qiyosiy tahliliga kirishadi.
Navoiyning mazkur asarida ilgari surilgan asosiy masalalar quyidagilardan
iborat:
1. Fonema va harf bir-biriga
doimo ham mos kelavermasligi, bir harf bir
necha fonemani ifodalashi mumkinligini bayon qiladi. Masalan, «yoy» va «vov»
harfi to‘rt fonemani bildirishini aytadi. Alisher Navoiy o‘zbek tili unlilarining
qator belgisi bo‘yicha farqlanishi haqida fikr yuritib, uni o-ö, u-ü zidlanishi asosida
dalillaydi. Masalan,
ot
«olov»,
öt
«harakat»;
tor
«tuzoq»,
tör
«uyning to‘ri»:
ut
«yutmoq»,
üt
«kallani o‘tga tutib, tukini kuydirish». Bu bilan o‘zbek
tilida
unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisiga ko‘ra ham farqlanishi ko‘rsatib beriladi.
Masalan,
biz
«I shaxs ko‘plikdagi olmosh»,
bi:z
«bigiz».
98
2. Navoiyning ikki tildagi lug‘atni bir-biri bilan qiyosiy tarzda o‘rganar ekan,
fors-tojik tilida muqobili bo‘lmagan ko‘plab o‘zbek so‘zlarini keltiradi. Buning
uchun dastlab fe’lning 100 ta harakat nomi shakliga murojaat qiladi. Navoiy
misollar orqali sinonimlarning nazmiy ustunligi, uslubiy buyoqdorligini ko‘rsatadi.
Masalan,
yig‘lamsinmaq,
ingramak, singramak, siqtamaq, o‘kurmak, inchkirmak,
xay-xay yig‘lamaq
so‘zlari «yig‘lamoq» birlashtiruvchi
sememasi bilan bir
paradigmaga mansub bo‘lsa ham, lekin ularning har qaysisi yig‘lashning xilma-xil
ko‘rinishlarini ifodalaydi. Xususan,
yig‘lamsinmaqqa
«dard bilan yashirin ohista
yig‘lash» belgisi bilan farq qiluvchi
ingramak
va
singramak
ni zid qo‘yadi:
Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak.
3. Mutafakkir ta’kidicha, she’riyatda omonimlarning o‘rni katta. Jumladan,
tüz I – o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa, tüz II – tekis joy, tüz III – to‘g‘ri kishi,
kök
IV – cholg‘uni sozlamoqqa amr, kök V – ikki kishini yarashtirish. Yoki kök I
– osmon, kök II – ohang, kök III – ko‘klamzor, kök IV – bo‘yoq, kök V – maysa,
ko‘kat va hokazo.
4. Asarda yegulik, ichimlik, qarindoshlik atamalari, madaniy-maishiy so‘zlar,
zoonimlar,
kiyim-kechak, kasb-hunar otlari har ikki tilda qanday nomlanishiga
e’tibor qaratilgan. Masalan, sartlar aka va ukani birgina
Do'stlaringiz bilan baham: