Hibatul haqoyiq
» asari badiiy so‘z
san’ati va o‘zbek adabiy tilining juda qimmatli yodgorligi hisoblanadi. Мазкур
асар барчага манзур бўлган. Шунинг учун ҳам ҳазрат Навоий “Насойимул
муҳаббат” асарида кўзи кўр бўлса-да, кўнгил кўзи очиқ, соғ кишиларга
63
нисбатан равшан, деб ёзади. Айни пайтда, шоирнинг туркий қавмга
мансублигини, туркча шеър айтишда ниҳоятда моҳир бўлганлигини уқтириб
ўтади, унинг асаридан айрим намуналар келтиради (Ҳусайн Бойқаро ўғли
Бадиуззамонга ёзган хатларидан бирида ҳам "Ҳибатул ҳақойиқ"дан парчалар
келтиради): Улуғлар не берса емасман дема,
Илик сўн, оғиз ур, емасанг ема!
Аsarning yaratilish davri haqida turli qarashlar mavjud. Malov asar tilidagi
arxaik elementlarga qarab, uni X-XII asrlarga tegishli desa, N.A.Baskakov, Aziz
Qayumovlar uni XI-XII asrlar, V.Nasilov esa XIII asrning I yarmida,
Q.Mahmudov XII asr oxiri – XIII asr boshlarida yaratilgan deb ko‘rsatadilar.
Bundan ko‘rinadiki, Adib Ahmad XII asr – XIII asrlar oralig‘ida Samarqand
atrofidagi Yugnak shaharchasida tavallud topgan. Ilmiy jamoatchilik ahliga
asarning 3 ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Doston qo‘yozma nusxalarda “Atabatul
haqoyiq” (haqiqatlar eshigi), “Hibatul haqoyiq” (haqiqatlar tortig‘i), “G‘ayibatul
haqoyiq” (yashirin haqiqatlar) tarzida nomlangan. Dastlabki nusxani 1444 yilda
xorazmlik Zaynal Obid binni Sulton Baxshi Jurjoniy Husayniy origanaldan
ko‘chirgan bo‘lib, Istambul Ayasofiya kutubxonasida saqlanadi (uyg‘ur yozuvida).
Ikkinchisi, 1480 yilda Shayxzoda Abdurazzoq baxshi tomonidan ko‘chirilgan,
qayd etilgan kutubxonada saqlanadi (bu ham uyg‘ur xatida yozilib, qatorma-qator
arab yozuvi bilan izohlab chiqilgan). Uchinchisi, arab yozuvida bo‘lib,
Istambuldagi To‘pqopi kutubxonasida saqlanmokda. Unga Turkiya sultoni
Boyazid II (1481-1512)ning muhri bosilgan. Shunga ko‘ra asarning mazkur
nusxasi XV asr oxiri – XVI boshlarida ko‘chirilgan, degan xulosaga kelamiz.
Ikkinchidan, unda usmonli turk tili xususiyatlarining uchrashi turkiyada
ko‘chirilganidan dalolat beradi
12
. Bu uch nusxa asosida turkiyalik Rashid Rahmat
Arat 1951 yilda yodgorlikning saylanma matni va tarjimasini yaratdi. Nasilovning
fikricha, bu tarjima u qadar muvaffaqiyatli chiqqan emas. Turkiy tillar, jumladan,
o‘zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o‘rganishda «Hibatul haqoyiq» asari eng
muhim manbalardan biri hisoblanadi. O‘sha davrdagi qabila tillarining xususiyatini
12
Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакийнинг “Ҳибатул ҳақойиқ” асари ҳақида. - Т.: Фан, 1972. – Б. 12.
64
aniqlash, ularning bir-biriga ta’siri, rivojlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va
markazlashishi asosida xalq (elat) tillarining, ayniqsa, o‘zbek xalq (elat) tilining
tashkil topish va shakllanish jarayonini belgilashda bu asarning ahamiyati
nihoyatda kattadir. X-XII asrlarda maydonga kelgan asarlar bilan keyingi
davrlarda yoki umuman, XIX asrgacha yaratilgan asarlarning tilini qiyosiy
o‘rganish, ulardagi umumiylik va farqlarni aniqlashda ham yordam beradi.
«Hibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va
grammatik qurilishi, bir tomondan, «Qutadg‘u bilig» asariga yaqinlashsa,
ikkinchidan, «Qisasi Rabg‘uziy»ga o‘xshab ketadi. Bertels qadimgi o‘zbek adabiy
tilidan (aniqrog‘i, eski turkiy adabiy tildan) klassik o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda
«Hibatul haqoyiq» ko‘prik vazifasini bajargan deb ko‘rsatadi. Bu borada
tilshunos olim Qozoqboy Mahmudov tomonidan bajarilgan ishlar o‘zbek tili va
adabiyoti tarixini o‘rganishda muhimdir. U 1964 yilda “Hibatul haqoyiq” tilining
fonetik va morfologik xususiyatlari” mavzuida nomzodlik ishini yoqlagan. 1972
yilda “Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari haqida” nomli
monografiyasini e’lon qilgan. Kitobda asarning fonetik va morfologik jihatdan
tadqiq etilishi bilan birga ikkinchi nusxaning arab yozuvidagi tanqidiy matni,
transkripsiyasi, sharh va lug‘ati berilgani o‘zbek tili tarixini yoritishda katta
ahamiyat kasb etdi.
Darhaqiqat, asar tiliga xos lug‘aviy qatlamlar, fonetik va grammatik
xususiyatlarning qarluq, chigil, yag‘mo, uyg‘ur tillari negizida tashkil topgan
adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan
asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o‘zbek adabiy tiliga
o‘tishda «Hibatul haqoyiq»ning ko‘prik bo‘lganligidan dalolat beradi. Asar
o‘zining leksik xususiyatlari bilan o‘sha davrdagi eski turkiy adabiy tilining
lug‘aviy boyligini aks ettiradi.
Asarning tili o‘z fonetik xususiyatlari jihatidan X-XIII asrlarda yaratilgan
yodgorliklar bilan umumiylikka ega. Shu bilan birga, eski o‘zbek adabiy tili uchun
xarakterli bo‘lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko‘rish
mumkin. «Hibatul xaqoyik» asarining tilini o‘rganish unda 9 ta unli mavjud
65
ekanligini ko‘rsatadi. Doston tilida asosan “d” va “z” dialektiga xos so‘zlar
uchraydi, biroq “z”ning birmuncha ustunligini ko‘rish mumkin:
kedin
- keyin,
adiz
- ulug‘,
kezim
- kiyim,
qazg‘u
- qayg‘u,
bo‘zun
– xalq,
qo‘zub
– qo‘yib,
Izi
– tangri
va hokazo.
Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi,
hamma uchun tushunarli sanalgan leksik birliklar asar lug‘atining asosini tashkil
qiladi:
ata, ana, ezgu, bash, bezak, yavuz, yuz, kichik, kongul, yigit, sevunch,
ulug‘
singari. Bu kabi atamalar bugungi kun uchun ham begona emas. Ayni
paytda, qadimgi turkiy tilga aloqador leksemalar ham uchraydi:
tamug‘
- do‘zax,
arig‘
- foyda,
yazuq
- gunoh,
yag‘an
– fil,
yarin
– erta,
uchuz
– arzon,
ug‘an
–
tangri,
emgäk
“mehnat, qiyinchilik”,
arqïš
-
“karvon”.
Asarda
Xo‘ja Arnob Arslonxo‘ja Tarxon, Umar
(barhayot),
Usmon
(og‘ir,
bosiq; mard, jasur),
Ali
(eng yuksak, eng ulug‘, yuqori martabali),
Mahmud
Yugnakiy; Izi, Ug‘an, Bayat, Malik, Yaratqan
,
rasul,
habib, duo, hamd
singari
antroponim va teonimlar ham ifodalangan.
Adib Ahmad
Do'stlaringiz bilan baham: |