Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Devonu lug‘atit turk
” asarini yaratgan. 
Asarning yagona qo‘lyozmasi bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahridan 
topilgan. Qo‘lyozmani 1266-yilda ko‘chirgan kotib Muhammad binni Abu Bakr 
Damashqiyning yozishicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z dastxatidan foydalangan. 
Qo‘lyozma hozir Istambuldagi Millat kutubxonasining Ali Amiriy fondida 
10
Холмуродова М. “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. номз... дисс. автореф. –Т., 2011.–Б.14. 17. 
– Тошкент, 2019.


56 
saqlanadi. “Devonu lug‘atit turk” 1915-1917 yillarda uch tomdan iborat qilib 
Istambulda nashr etiladi. Shu nashr asosida Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemis 
tiliga tarjima qilib e’lon qiladi. 1939-yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk 
tilida bosiladi. “Devon”ning tarjimalari haqida gapirganda, shuni aytish kerakki, 
asar bugungi kunga qadar 18 tilga tarjima qilinib, 22 marta nashr qilingan. Asardan 
ilk namunalar yurtimizda 1927-1928 yillarda Fitrat ijodida ko‘zga tashlansa, uning 
o‘zbek tilidagi to‘la nashri 1960-1963 yillarda filologiya fanlari doktori, professor 
S.Mutallibov tomonidan e’lon qilingan edi. Qayd etilgan nashrning 2006-yildagi 
turkcha, Anqarada nashr etilgan B.Atalay hamda 2010-yildagi ruscha, ya’ni 
Moskvada chop qilingan A.Rustamov tarjimalari bilan solishtirilib keng 
kitobxonlarga 2016-yilda ikkinchi bor taqdim etilishi katta ahamiyatga molikdir
11

Arab tili ilm-fan tiliga aylanib ulgurgan bir paytda barcha turkiy xalqlar 
uchun birdek qimmatli bo‘lgan ushbu nodir manbada 8,5 mingdan ortiq turkiy 
so‘zning arabcha izohlab berilishi, shuningdek, buxorolik olim tilidan “Turk tilini 
o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi” degan hadisning 
keltirilishi o‘sha davrda turkiy qabilalar nufuzi ortib borayotganligidan dalolatdir. 
Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariyning “a” ni “ha” tarzda talaffuz qiluvchi qabilaga 
mansubligi uning qaysi qabiladan ekanligini aniq ifodalamasa-da, mazkur 
qabilaning turkiylar orasida katta mavqega egaligidan guvohlik beradi.
Muqaddima va 8 bo‘limdan iborat asarda turkiy tillar fonetikasi, nutq 
tovushlarining qo‘llanilishi, talaffuzi, fonema va harf tushunchalarining 
farqlanishi, boshqa tilga oid undosh tovushlar, tovush almashishi, yozuv 
islohotlari, so‘z ma’nolari, so‘z yasalishi, grammatika, dialektologiya bilan bog‘liq 
lingvistik tahlillar hamda adabiyot, tarix, falsafa, huquq, mantiq, axloqshunoslik, 
siyosat, etnografiya, harbiy san’at kabi sohalarga oid ma’lumot va misollar, shu 
bilan birga, xalq og‘zaki namunalari, sermazmun hikmatlar, maqol va matallarning 
berilishi olimning, haqiqatan, o‘z zamonasining yetuklaridan, eng katta 
mutaxassislaridan ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
11
Туркий сўзлар девони (Девону луғоти-т турк). – Тошкент: Mumtoz so`z, 2016.


57 
Adabiyotlarda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asrda paydo bo‘ldi deyiladi 
va uning asoschilari sifatida F. Bopp va R. Rask hamda Ya. Grimm e’trof etiladi. 
Vaholanki, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabila, qavm va urug‘lar yashagan shahar, 
qishloq hamda yaylovlarni 15 yil mobaynida birma-bir kezib, so‘zlarni to‘pladi, 50 
ga yaqin qavm va urug‘lar, jumladan, 20 ta qabila tilini qiyoslab, ularning kichik 
farqlari, nozik xususiyatlarini aniqladi, ayni paytda, turkiyshunoslikda birinchi 
bo‘lib turkiy tillar tasnifini amalga oshirdi. U turkiy tillarni fonetik va morfologik 
prinsipga asosan ikki guruhga ajratadi: 
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab yuqori Chingacha 
(Mochingacha) bo‘lgan qabilalar tili. 
2.
O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, totor, yamaq, suvorin va rusdan Vizantiyagacha 
(Rumgacha) joylashgan qabilalar tillari. 
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy tillar 
deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turk qabila tillari orasida fonetik hamda 
morfologik farqlar mavjud. 
Turkiy tillarni farqli belgilariga ko‘ra dastlab ikki guruhga ajratdi: 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish