Qutadg‘u bilig
» asarini kiritish mumkin.
«Qutadg‘u bilig» asari she’riy pandnoma bo‘lib, podsho Kuntug‘di, dono vazir
Oyto‘ldi, Oyto‘ldining o‘g‘li O‘gdulmish o‘rtasidagi suhbatdan iboratdir. Bu
53
asarning uch qo‘lyozma nusxasi fan ahliga ma’lum. Ulardan 1439 yilda uyg‘ur
xatida ko‘chirilgan Hirot nusxasi hozir Venada va XIV asrda kitobat qilingan deb
taxmin qilinayotgan nusxa Qohirada saqlanmokda. Arab yozuvidagi Namangan
nusxasi XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu nusxa
asosida Qayumjon Karimov asarni 1971 yilda kirill alifbosidagi nashrini tayyorlab,
chop qilgan. «Qutadg‘u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham muhim
asardir. Unda o‘sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo‘lgan til faktlari
hisobga olingan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, «Qutadg‘u bilig» asarida
Yusuf Xos Hojib o‘sha davr tilini ma’lum bir tizimga soldi va adabiy tilni
rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shdi.
Asarga asos bo‘lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar
mavjud. Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo‘lsa-da, qatiy bir
fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkripsiyasini beradi. Chunki u
asar tilini oltoy tillaridan sayhon tiliga yaqin, deb hisoblagan. Radlov «Oltoy
nazariyasi»ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tilida
so‘z boshi va oxirida kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo‘ladi. Ammo intervokal
pozitsiyada undoshlar jarangli bo‘lishi mumkin. O‘zining shu nazariyasiga
asoslanib, «Qutadg‘u bilig»ning transkripsiya qilib chikdi. Mazkur transkripsiya
asosida 1891 yilda nemischa tarjimasi e’lon qilindi. Radlovning bu qarashlarifanda
ko‘p e’tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar daniyalik olimi
Tomsen tarafidan ko‘rsatilgan edi. Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga
hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi.
Balki, u «Qutadg‘u bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen
«Qutadgu bilig» asarini tekshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi.
Malov bu asarni bir o‘rinda chig‘atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa,
boshqa bir o‘rinda uni uyg‘ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning arabcha
ko‘chirilgan nusxalari XI asr uyg‘ur tilini ravshan aks ettiradi deb ta’kidlaydi.
Sharqshunos olim Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) kitobida bu asar
tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.Valitova mazkur asarni
qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e’tirof qildi. Q.Karimov asar tili
54
Bug‘roxon qo‘l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy
qabilalar uchun tushunarli bo‘lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o‘sha davr
turk qabilalari tillari asosini o‘zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg‘u
bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat’iy
fikrga kelish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari
ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o‘sha davr normalarini aks
ettirgan.
Davr fonetik xususiyatiga ko‘ra asarda 9 ta unli tovush (i, ә, e, ү, ө, ы, a, u,
o), 28 ta undosh tovush qo‘llangan. Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Doston
tilida “y” o‘rnida “d” qo‘llash hodisasi ustun darajada:
kedin
– keyin,
beduk
–
buyuk,
qadg‘u
- qayg‘u,
o‘dan
– uyg‘on,
adaq
- oyoq singari.
«Qutadg‘u bilig» asarida qo‘llangan 3370 ta leksemaning 2817 tasi
turkiy (85 %), 416 tasi arabcha, 91 tasi fors-tojikcha, 7 tasi sanskritcha, 7 tasi
so‘g‘dcha, 6 tasi xitoycha, 7 tasi arabcha+forscha, 2 tasi arabcha+yunoncha, 2 tasi
sanskritcha + forscha, 1 tasi forscha+hindcha, 1 tasi arabcha+lotincha birlik
sanaladi.
Dostonda turli sohaga doir so‘zlarni uchratish mumkin. Jumladan, ijtimoiy-
siyosiy terminlar: mansab va lavozimni ifodalovchi terminlar
(aγïči, bitigči),
diplomatik atamalar
(elčï, yumuščï)
; harbiy terminlar
(yatγaq, pusuγ)
; savdo-sotiq
terminlari
(satïγ
,
aγïčï)
; tibbiy terminlar
(mitridus, čurnï)
; antroponimlar
(Afrasiyab, Faridun
); oziq-ovqat va ichimlik nomlari
(lewäš, etmäk)
va hokazo.
Dostonda qo‘llangan
yeδgü
«ezgu»,
inč
«tinch»,
yalŋuz
«yolg‘iz»,
yaqšï
«yaxshi»,
yïδ
«hid»,
yaγmur
«yomg‘ir»,
ögrän=
«o‘rgan» kabi turkiy so‘zlar
hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonetik,
adaš//aδaš
«do‘st»,
ayït=
«so‘ramoq»,
tiril=
“yashamoq»,
ögtäm
«kibrli» kabi leksemalar semantik o‘zgarishlar bilan
qo‘llanadi.
Ersig
«mard, jasur»,
arïγ
«toza»,
alčaq
«saxovatli, yumshoq ko‘ngilli»,
umdučï
«tamagir»,
saran
«xasis»,
irig
«dag‘al, qo‘pol»,
ersäl// irsäl
«bevafo»,
qumaru
«meros, esdalik» singari leksemalar esa bugungi kunda iste’moldan
chiqqan.
55
Asar matnida ifodalangan
qonuq
«mehmon»,
iŋäk
«sigir», (Qashqadaryo,
Surxondaryo shevalari),
börk
«qalpoq» (Xorazm shevalari),
šatu
«narvon»,
ǯiča
«ozgina» (Farg‘on, Andijon shevalari) kabi so‘zlar hozirgi o‘zbek shevalarida
saqlanib qolgan
10
.
Asarda O‘rxun-Enisey yodgorligiga oid so‘zlar anchagana:
bodun
- xalq,
qamuq -
hamma,
tөra
- qonun,
bayat
- xudo,
өd
- vaqt,
otachi
– tabib,
bitigchi
–
kotib,
bilga
– dono,
ujuz
– arzon,
tangri
,
alp
– botir.
Doston tilida qadimgi turkiy manbalar va undan keyin yaratilgan
yodnomlarda uchramaydigan leksik birliklar mavjud.:
qopdaq
«baxil, qizg‘anchiq;
ochko‘z»,
qoquz
«bo‘sh, xoli; oz, kam»,
köksä=
«ko‘kka, osmonga ko‘tarilmoq»
,
uluγ kün–
«qiyomat»,
qara yüz
–
«xizmatkor» va hokazo.
Yusuf Xos Hojib omonim, sinonim va antonimlardan ham unumli
foydalangan:
at
(zoonim) -
at
(ism) -
at
(otmoq);
achыg‘
(achchiq) -
achыg‘
(toza), qiz (inson) - qiz (qimmatbaho) kabi omonimlar,
yaruq
-
qaraqu,
xosh//yaxshi - yaman, yumshaq - qatыg‘, achыg‘-tatg‘; beduk – qodu, uchshtah
(do‘zax)
-
tamug‘
(do‘zax) kabi antonimlar,
achыg‘ - suchug, sevinch – qosh
yozmoq, ich so‘z – sir, tabassum qilmoq – ko‘z yozmoq
kabi sinonimlarni uchratish
mumkin.
Dostonda sanskrit, so‘g‘d, arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan leksemalar
ham ko‘zga tashlanadi
: čurnï
«surgi dori»,
sart
«savdogar»;
ačun
«olam, dunyo»,
bag‘
«bog‘»,
uštmah
«jannat»;
mashriq, kitob, laqab, ayb, firoq; dushman, azad,
fano, pandnoma
singari. Umuman, «Qutadg‘u bilig» asari XI asr qabila tillarini
birlash- tirish va rivojlantirishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy o‘z davrining atoqli olimi
sifatida 1076\1077 yilda tilshunoslikka oid “
Do'stlaringiz bilan baham: |