Xitoy Baydenning Afg‘onistonga tegishli mablag‘larni terakt qurbonlariga berish qaroriga qarshi chiqdi
Qayd etilishicha, Afg‘onistonning AQSh banklaridagi muzlatib qo‘yilgan 7 mlrd dollar miqdoridagi aktivlarining yarmi terrorchilik hujumlari qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
Xitoy hukumati AQSh prezidenti Jo Baydenning Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini 2001 yildagi terakt qurbonlariga berish qaroriga qarshilik bildiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.
"Biz Amerika tomoniga murojaat qilamiz va u xato harakatlarini anglashini so‘raymiz, qisqa muddat ichida Afg‘onistonning Qo‘shma Shtatlardagi mablag‘lari muzlatilishiga olib kelgan sanksiyalarni bekor qilishini talab qilamiz", - deb ta’kidladi u.
Van Venbin muzlatilgan mablag‘lar afg‘on fuqarolariga tegishli ekanini eslatdi.
"Bu pullarni Afg‘onistonga qaytarish kerak. Ular afg‘on xalqi farovonligi uchun ishlatiladigan tarzda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonning Amerika banklaridagi 7 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani xabar qilingandi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika banklarida saqlanayotgan Afg‘oniston aktivlari Nyu-York federal zaxira bankidagi yagona trast fondiga o‘tkaziladi.
Bu mablag‘larning yarmi sudning tegishli qaroridan so‘ng afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlari uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Qolgan 3,5 milliard dollar esa AQShda qoladi va terrorchilik hujumlari, jumladan, 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
Ukraina favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun NATOdan yordam so‘radi
Ukraina NATOdan buldozerlar, traktorlar, dvigatelli puflama qayiqlar, portlovchi qurilmalarni qidirish vositalari, minadan tozalash mashinalari, aloqa apparatlari, kimyoviy kostyumlar va dori-darmonlar so‘radi.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Yevroatlantika ofatlarga javob berishni muvofiqlashtirish markazidan (EADRCC) xalqaro yordam so‘radi. Bu haqda NATO saytida xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, Ukraina idorasi «tinch aholiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yot xarakterdagi keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlarga» tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ukraina tomonidan so‘ralgan asbob-uskunalar va mexanizmlar ro‘yxati 78 ta punktdan iborat bo‘lib, 6 ta toifaga bo‘linadi:
Maxsus texnikalar (30ta buldozer, 10ta traktor, kranlar, yuk mashinalari, 30ta yo‘ltanlamas va 70ta pikap avtomobillari, 760dan ortiq dvigatelli puflama qayiqlar)
maxsus asboblar va jihozlar (metall detektorlar va minalardan tozalash uskunalari, elektr generatorlari, suv filtrlash qurilmalari);
shaxsiy himoya vositalari (shlemlar, suv kostyumlari, qutqaruvchilar uchun 22 ming juft va o‘t o‘chiruvchilar uchun 11 ming juft himoya qo‘lqoplari, protivagazlar, 70 mingdan ortiq kimyoviy himoya kostyumlari, 30 mingdan ortiq dozimetrlar (radioaktiv nurlanish darajasini o‘lchovchi asbob);
aloqa apparatlari (turli tipdagi 20 mingga yaqin radiostansiyalar).
dori vositalari va tibbiy buyumlar (antibiotiklar, infuzion eritmalar, bintlar, himoya niqoblari, 10 000 juft tibbiy qo‘lqoplar).
AQSh hukumati Rossiya Ukrainaga bosqinni «istalgan vaqtda, jumladan 20 fevral kuni yakunlanadigan qishki Olimpiya o‘yinlari» vaqtida ham boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan. G‘arb nashrlari o‘z manbalarga asoslangan holda, hujum 16 fevral kuni boshlanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Rossiya bir necha bor hech kimga hujum qilishga tayyorlanmayotganini bildirgan. Kremldagilar G‘arb nashrlaridagi ruslarning Ukrainaga bosqini taxminiy sanasi haqidagi xabarlarni «vasvasaga tushish» deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |