Mirziyoevning mamlakatimizni



Download 13,91 Mb.
bet6/17
Sana10.06.2022
Hajmi13,91 Mb.
#653180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ibroximova hisobot-конвертирован

Kredit hisobvarag’i — belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi


3Muallif tomonidan tuzildi.
yuritiladigan hisobvaraq;
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’ihisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy hisobvarag’ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit xisobvaraklari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko’rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar xamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamgarma, muddatli, kredithisobvaraqlarini ochish xuquqiga egadirlar. Yuridik shaxslar o’z asosiy hisobvarag’ini ochgandan keyin ular xisobga qo’yilgan davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan xolda boshqa banklarda milliy va chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish xuquqiga egadirlar. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag’i shartnomasi tuziladi. Shartnomada bank mijozning hisobvarag’iga kelib tushayotgan mablaglarni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo’yish, mijoz xamda bank xuquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to’lanishi lozim bo’lgan komissilar xamda boshqa shartlar belgilab olinadi. Bank hisobvarag’i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag’iga kelib tushgan mablaglarni kiritib qo’yganlik uchun vositachilik xaqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun banka mazkur yo’riqnomada ko’zda tutilgan xujjatlar taqdim qilingan kundan so’ng banklar ikki ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari shart. Banklar tomonidan ushbu yo’riqnomada ko’zda tutilgan xujjatlardan boshqa qo’shimcha xujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Tadbirkorlik sub’ektlariga banklarda hisobvaraq ochish uchun eng kam oylik ish xaqining 0,5 barobari, qishloq joylarda esa eng kam oylik ish xaqini 0,1 barobari miqdorida xaq olinadi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar xamda dexqon xo’jaliklari tomonidan Trast valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Hisobvaraq ochish to’grisida ariza;

  2. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’grisidagi guvoxnomaning nusxasi;

G) Imzolar namunalari va muxr izi qo’yilgan xamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo’lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Hisobvaraq ochish to’grisida ariza;

  2. Statistika organlari tomonidan berilgan korxona va tashkilotlarning yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’grisidagi guvoxnomaning nusxasi;

G) Imzolar namunalari va muxr izi qo’yilgan ikki dona varaqcha.
Asosiy hisobvaraq ochilgan bankda qo’shimcha ravishda milliy valyutada ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i ochilishiga yo’l qo’yilmaydi, markazlashtirilgan manbalar xisobidan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun xamda qonunchilik xujjatlari asosida ochiladigan ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bundan mustasno. Mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el
valyutasida faqat bitta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochilishiga ruxat etiladi.
Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so’ng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank raxbari yoki raxbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko’rsatilgan xolda mijoz uchun kredithisobvarag’i ochish to’grisida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga kredithisobvarag’i ochiladi.
Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalarni to’xtatish va hisobvaraqni yopish tartibi.

  1. Asosiyhisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko’ra yoki hisobvaraqlardagi pul mablaglari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoxud sud ajrimiga ko’ra xatlanganda, shuningdek, qonun xujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa xollarda to’xtatib qo’yilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan xollar bundan mustasno. Yuqoridagi tartibda xatlangan yoki to’xtatilgan hisobvaraqlarni boshqa banklarga o’tkazish xamda ushbu hisobvaraqlar egalarining boshqa hisobvaraqlarni ochishiga yo’l qo’yilmaydi.

  2. Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning talabiga ko’ra bekor qilinadi. Bankning talabiga ko’ra hisobvarag’i shartnoma sud orqali quyidagi xollarda bekor qilinadi.

  1. mijozning hisobvarag’ida saqlanayotgan pul mablaglari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko’zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo’lsa, agar bunday summa bank tomonidan bu xaqda mijozni ogoxlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;

  2. bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo’lmasa, ushbu hisobvaraq bo’yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan bo’lsa. Hisobvaraqdagi pul mablaglarining qoldigi mijozning tegishli yozma arizasi olingandan keyin kechi bilan etti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi.

Korxonalar olti oy mobaynida (savdo korxonalari uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tkazish bilan moliya – xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagan xollarda (dexqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar xaqida ular xisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko’rish uchun axborot berishlari shart. Sudning bank hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish to’grisidagi tegishli qarori taqdim etilganda, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlarini yopadilar. Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan so’ng ularning nomiga kelib tushadigan mablaglar foydalanish xuquqisiz maxsus hisobvaraqlarga o’tkaziladi. Foydalanish xuquqisiz maxsus hisobvaraqlarga to’plangan mablaglar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalar oldidagi qarzlarini to’lashga, qolgan summalar esa ularning kreditorlik qarzlarini kalendar navbatida to’lashga yo’naltiriladi.
Aktivlar tuzilishida kredit operatsiyalarining ulushi katta salmoqqa egadir. Bankning barcha netto aktivlari 61 foiz. Bank avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarini kreditlar bilan har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda; kichik va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari rivojlanishini rag’batlantirmoqda; xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohasi tarmoqlarini rivojlantirishda ko’maklashmoqda, shuningdek mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari kreditlar bilan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlamoqda va h.k.
Passivlar boshqarilishini maqbullashtirish maqsadida quyidagi choralardan foydalanilmoqda: likvid pozitsiyani saqlab turish uchun kontragent banklar tomonidan Bankka kredit yo’nalishlari ochish; joylashtirish muddatlariga mos keladigan jalb etish muddatlari bo’yicha resurs bazasini diversifikatsiya qilish; mablag’larning o’rtacha qoldig’i barqarorligini hamda ular o’troqligi darajasini aniqlash uchun koeffitsientlar tizimi orqali mijozlar mablag’larini tahlil qilish va boshqalar. Bank passivlari tuzilishining o’ziga xos xususiyati u xorijiy investitsiyalar va qarzlarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bo’yicha Respublika Hukumatining agenti vazifasini amalga oshirayotganligi bilan bog’liq.
Aktivlar va passivlarni boshqarish narx siyosati (foiz, tarif siyosatlari) bilan uzviy bog’liqdir. Zero, u samarali faoliyatni ta’minlash, foydalilik bilan likvidlik o’rtasidagi eng maqbul balansni saqlab turishda hal qiluvchi rollardan birini o’ynaydi va shu tariqa umumiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, Bank mijozlari uchun bank mahsulotlarining jozibadorligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Aktivlar va passivlarni, ularning foizlar borasidagi ta’sirchanligini boshqarish Bank balansini boshqarishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi va u foiz marjasining darajasi barqarorligini ta’minlaydi. Mablag’larni qo’yish/qabul qilish, kapitalni shakllantirish masalalari ko’rib chiqilayotganda Bank tomonidan strategik va joriy rivojlanish rejalaridan tashqari, Hukumatning O’zbekiston bank- moliya tizimi moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan qarorlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tartibga soluvchi talablari e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, bank o’z faoliyatida mamlakatlar uchun limitlar, vakil banklar uchun limitlar, pul va valyuta bozorlaridagi operatsiyalar uchun limitlar, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalarini ochish kabi boshqa limitlar sohalarida tavakkalchilik limitlarini belgilash va nazorat qilishning o’zi ishlab chiqqan tizimlariga amal qiladi.
Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga ko’ra belgilangan iqtisodiy normativlarni zarur darajada saqlab turibdi. 2020 yil ichida bankning ishchanlik nufuzi yo’qolishi xatari omillari yuzaga kelmadi.

Download 13,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish