Mirziyoevning mamlakatimizni



Download 13,91 Mb.
bet8/17
Sana10.06.2022
Hajmi13,91 Mb.
#653180
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Ibroximova hisobot-конвертирован

T/r

Akseptlash shartlari

Akseptlash muddati

1.

Bir hududda (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi) joylashgan
mijozlar uchun

topshirilganidan keyingi kundan boshlab 3 ish kuni

2.

Boshqa hududda joylashgan mijozlar uchun

topshirilganidan keyingi
kundan boshlab 5 ish kuni

3.

Mablag’larni to’lovchining yozma talabiga ko’ra

topshirilganidan keyingi


Mablag’larni to’lovchi ushbu muddat ichida to’lov talabnomasini akseptlashni to’la yoki qisman yozma ravishda rad etish huquqiga ega. Mablag’larni to’lovchi tomonidan bankka akseptlashni to’la rad etish bo’yicha murojaat kelib tushgan taqdirda, to’lov talabnomasi shu kunning o’zida «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag’idan olinib, ijro etilmasdan mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka murojaatning nusxasi bilan birga qaytarib yuboriladi.


Mablag’larni to’lovchi tomonidan akseptlash qisman rad etilgan taqdirda, to’lov akseptlangan summa doirasida amalga oshiriladi. Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ bo’lmagan taqdirda, to’lov talabnomasi «Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi. Bunda mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank uch kun ichida mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov talabnomasini akseptlashning qisman rad etilganligi to’g’risida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Demak, xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag’ida mablag’ unga qo’yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo’lmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2- son kartoteka xo’jalik yurituvchi sub’ektning faqat asosiy hisobvarag’i ochilgan bankda shakllantiriladi va bu haqda Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda ma’lumot yuboradi. Ushbu ma’lumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi. Mazkur ma’lumotlar banklar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga axborot tariqasida taqdim etiladi.
Hisobvaraq ochgan banklar ushbu ma’lumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, ma’lumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvarag’iga qo’yilgan talablarni qondirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag’larini uning asosiy hisobvarag’iga memorial order asosida o’tkazib berishlari shart.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag’ida 2-son kartoteka paydo bo’lganda to’lovlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2011 yil 21 dekabrdagi 35/4-son qarori bilan tasdiqlangan «Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”gamuvofiq amalga oshiriladi.
To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari-90962. Ushbu hisobvarag’ida to’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №1). Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96319-"To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr- hisobvaraqdir. Hisobvaraqning debetida to’lov muddatini yoki to’lovchining aktseptlashini (roziligini) kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.Hisobvaraqning kreditida to’lov muddati kelgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.Tahliliy hisob har bir mijoz bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
To’liq aktseptdan yozma voz kechish (voz kechish sabablari ko’rsatilgan holda) olinganda talabnoma o’sha kuniyoq 1-son kartotekadan olinadi va yozma voz kechishning ko’chirma nusxasi bilan
birgalikda ijro etilmasdan oluvchining bankiga pochta orqali qaytariladi. Aktseptdan qisman voz kechilganida talabnoma to’lovchi tomonidan aktseptlangan summada to’lanadi, mablag’ bo’lmaganda esa 2-son kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki summasi doira qilib o’rab qo’yiladi va yonma- yon to’lovchi tomonidan aktseptlangan summa qo’yiladi. Bunda bank mablag’ oluvchining bankini to’lovchi tomonidan aktseptdan qisman voz kechilishi to’g’risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
To’lovchining depozit schyotida mablag’lar yo’q bo’lganda talabnoma "Muddatida to’lanmagan hisob-kitob xujjatlari" (2-sonli kartoteka) nomli schyotga joylashtiriladi va ushbu xaqda oluvchining bankiga uch ish kuni mobaynida ma’lum qilinadi va qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mablag’larni kelib tushishiga qarab to’lab boriladi. To’lovchining depozit schyotida etarli mablag’lar bo’lmasa, u holda bank talabnomaga qisman hak to’laydi. Talabnomaning qolgan summasi 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqasida qisman to’langan summa ko’rsatiladi. Aktseptsiz to’lanadigan, operatsiya kuni davomida to’lovchining bankiga kelib tushgan talabnomalar o’sha kuniyoq to’lanadi, to’lovchining hisob raqamlarida mablag’ bo’lmagan yoki etarli bo’lmagan holda esa 2-son kartotekaga to’lanmagan summada joylashtiriladi.
Aktseptsiz to’lov talabnomalari qisman to’langan holda dastlabki summa doira qilib o’rab qo’yiladi va yonma-yon qisman to’lashdan qolgan summa qo’yiladi.
Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari-90963. Ushbu hisobvaraqda to’lovchilarning hisobvaraqlarida mablag’larning yo’qligi yoki etarli emasligi sababli, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa (hisobvaraq arestga olinganda, hisobvaraq blokirovka qilinganda va boshqa) hollardagi muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №2). Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96321-"Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr-hisobvaraq"dir.
Hisobvaraqning debetida muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida to’liq yoki qisman-qisman qilib to’langan hujjatlarning summasi, shuningdek aktseptlashni rad qilganligi natijasida qaytarilgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.Tahliliy hisob har bir mijoz bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Bank tizimi mamlakatning xalqaro hamkorlik ko’lamlarini kengaytirishda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli, Bankning tajribasi, resurslari va xorijiy hamkorlar bilan puxta yo’lga qo’yilgan aloqalari mazkur sohaga yo’naltirilgan. Bank xorijiy aloqalarini doimo rivojlantirgan holda O’zbekiston Respublikasini xalqaro moliya hamjamiyatiga qo’shilishiga faol ko’maklashmoqda. Respublikamizning xorijiy davlatlar bilan moliyaviy-iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirish, xorijiy kapitalning O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga qiziqishini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar va ilg’or texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan Bankka yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga qaratildi. Trastbank ushbu hamkorlik doirasida, xususan, loyihalar va savdoni moliyalashtirish sohasida, shuningdek xalqaro hisob-kitoblar va g’aznachilik operatsiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha erishilgan natijalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash ishlarini olib bormoqda.
Ko’plab hukumatlararo komissiyalarning ishtirokchisi hisoblanuvchi Bank xorijiy banklar va
moliya institutlarining mablag’larini respublika iqtisodiyotiga jalb etish, banklararo operatsiyalarni takomillashtirish, xorijiy banklar bilan hamkorlikning yangi yo’nalishlarini rivojlantirish masalalarida O’zbekiston Respublikasi nomidan ish olib bormoqda. «Trastbank» XABning asosiy vazifalaridan biri — bu xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik chegaralarini kengaytirish hamda loyihalarni amalga oshirish uchun mablagʻlar jalb qilishdan iboratdir. «Trastbank» XAB va «The Export-Import Bank of the Republic of China» (Eximbank (Tayvan)) oʻrtasida oʻzbekistonlik tadbirkorlarga tayvanlik yetkazib beruvchilardan turli xil tovarlarni olib kirishda yordam qoʻlini choʻzish maqsadida «Qayta tiklanadigan kredit liniyasini taqdim etish toʻgʻrisida» bitim imzolandi. Eximbank tomonidan 2 000 000 AQSh dollari miqdorida qayta tiklanadigan kredit liniyasi taqdim etildi.
”Trastbank” XAB uzoq va qisqa muddatli reytingi «Fitch Ratings» reyting agentligi tomonidan tasdiqlandi
2020 yil 14 dekabrda Fitch Ratings-Moskva/London reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi defolt emitentida (RDE) uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada qayta tasdiqladi. “Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari “V” darajasining “Barqaror” prognozi bankning samarali faoliyati uning kelgusi rivojlanishida ham o‘z ifodasini topishini, bunda moliya bozorining turli segmentlarida olib borilayotgan yuqori daromadli biznes muhim omil bo‘lishini qayd etadi. Bu esa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan kreditga layoqatliligini qayd etadi. «Trastbank» XABning barqaror istiqboli prognozi “Fitch Ratings” tomonidan kutilayotgan keyingi iqtisodiy o‘sishni aks ettirib, sanoatni rivojlantirishga va mamlakatda iste’molga sarflanadigan davlat xarajatlari bilan ta’minlanishi hamda 2021 yilda kredit berish va bank rentabelligi o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatdagi iqtisodiy sharoitlar va bank muhitining sezilarli zichligini hisobga olgan holda, «Trastbank» XABning «Barqaror» istiqbolidagi reytingini tasdiqlash - bu Bankning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi, vakolatli korporativ boshqaruvi va to‘g‘ri strategiyasining aksidir.
Bankka nufuzli xalqaro agentliklarning ijobiy reytinglari berilganligi rivojlanish strategiyasi to’g’ri tanlanganidan yana bir bor dalolat beradi hamda O’zbekistonning tijorat banklari orasida Trastbankning ichki va tashqi bozorlardagi yetakchilik mavqeini tasdiqlaydi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuksak baholari olinganligi va barqarorligi Bankning milliy iqtisodiyotda muhim rol o’ynayotganligini ko’rsatadi.

  1. Download 13,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish