Dars tuzilishini aniqlash ham asosiy talablardan biri bo’lib hisob‐
lanadi. Dars tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini
tanlash. O’quv materialini mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi
tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars turiga e’tibor beriladi,
ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, o’rganilgan darsni
mus‐tahkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini
asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan
“Masshtab” mavzusini o’rganganda uni quyidagi qismlarga bo’lish
mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli masshtab; chiziqli
72
masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning tuzilishi
uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ulardan oldingi va
keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.