KO‘RGAN-BILGANLARIM
“Duch kelgan narsani yodlab, duch kelgan narsani o’qib ketaverar edim. Bu kitoblar orasida xalq dostonlari ham, Navoiy bobomiz-u Pushkindan tarjimalar ham, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon she’riyati va yana boshqa roman-u qissalar bo’lardi… Endi birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda… ” deydi shoir o’zi haqida.
Alisher Navoiy hamda Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, ko’p yillar Oliy Majlis deputati. Mualliflik huquqini himoya qilish tashkiloti raisi
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi(1996-2009-yillarda), O’zbekiston xalq shoiri va “O’zbekiston Qahramoni” bo’lgan
1941- yil 21- martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanining olis tog’ qishloqlaridan birida tug’ilgan.
Ozod Sharafiddinovning “oq yo’li” bilan “Sharq yulduzi” jurnalida she’rlari birin-ketin bosildi. Shu paytlarda shoirning “Munojotni tinglab”, “Burgut” degan she’rlari yozilgan va muallifga katta shuhrat keltirgan.
Yosh Abdullaning she’rlari avval tuman, viloyat gazetalarida bosilib turgan bo’lsa-da, birinchi marta respublika bolalar gazetasida “Qushcha” degan she’ri nashrdan chiqdi.
Maktabni oltin medal bilan tugatib, 1958- yil ToshDU (hozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetining jurnalistika bo’limiga o’qishga kiradi.
Abdulla Oripov
Do'stlaringiz bilan baham: |