9.4. Ma`lumotlarni fayldan kiritish
Biz avvalgi punktda ma`lumotlarni fayllarda saqlash usullari bilan tanishdik. Ushbu punktda esa ana shu ma`lumotlardan qanday qilib foydalanish mumkinligini ko`ramiz.
Ma`lumotlarni nafaqat klaviaturadan, balki matnli fayllardan ham kiritish mumkin. Buning uchun TextFile tipidagi o`zgaruvchilarni e`lon qilish xamda ularga AssignFile buyrug’i yordamida fayllarni biriktirish lozim. Shundan keyin bu faylni o`qish uchun ochiladi va read yoki readln protseduralari yordamida ma`lumotlarni o`zgaruvchilarga qiymat qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |