Faylni o`qish uchun ochish. Fayllarni ma`lumotlarni o`qish (kiritish) rejimida uchun ochish uchun Reset protsedurasidan foydalaniladi. Bitta faylli parametrga ega bo’’lgan Reset protsedurasini chaqirishdan avval, AssignFile metodi yordamida faylli o`zgaruvchini aniq bir fayl bilan bog’lash lozim. Masalan:
AssignFile(f, 'c: data.txt'); Reset(f);
Agar faylning nomi noto`g’ri ko`rsatilgan bo`lsa (ko`rsatilgan fayl diskda mavjud bo`lmasligi mumkin), u holda bajarish vaqtidagi hatolik yuzaga keladi. Bunday hatolik disk yurituvchi ishga tayyor bo`lmagan holda xam sodir bo’ladi.
Huddi fayllarni ochishdagi kabi, hatoliklarni qayta ishlash jarayonini dastur zimmasiga yuklash mumkin. Buning uchun IOResult funksiyasi qiymatini tekshirish lozim (8.4-listing).
Agar faylni ochishga urinish kutilgan natijani bermasa, u holda dastur vujudga kelgan hatolik haqida axborot beradi va bu buyruqni takroran bajarish uchun foydalanuvchidan ruxsat so`raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |