Mirsaid Aripov, Nurillo Otaxanov



Download 9,81 Mb.
bet182/209
Sana16.01.2022
Hajmi9,81 Mb.
#371485
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209
Bog'liq
DELPHI dasturlash titli 2018

19.2. TOLEContainer ob’yekti


TOLEContainer komponentasi nishoni System qurollar palitrasida joylashgan bo`lib, OLE-konteyner ilovalarini yaratish uchun xizmat qiladi. TOLEContainer komponentasi OLE ning barcha ichki tashkiliy qiyinchiliklarini yashiradi va foydalanuvchi uchun qulay interfeysni taklif qiladi. OLE ob’yektidan foydalanishga mo`ljallangan soddagina ilova yaratishga urinib ko`ramiz.

Yangi loyiha formasiga TOLEContainer komponentasi o`rnatila-di. So`ngra Ob’yektlar inspektori oynasida sichqonchani ObjClass yoki ObjDoc hususiyatida ikki marta chertib, Windows ning standart “Insert Object” dialog oynasi ochiladi (18.2-rasm.).



18.2-rasm. “Insert Object" dialog oynasi

Unda sistemada qayd qilingan barcha OLE-serverlar ro`yxati keltiriladi. OLE ob’yektning tipi ro`yxatdan tanlangan server bilan aniqlanadi. Yangi ob’yekt (Create New) yaratish uchun OK tugmasi chertilganda OLE-server dasturi ishga tushadi va yangi ob’yektni hosil qiladi. Ilova-server dasturidan chiqilganidan keyin, yangi OLE ob’yekti dastur takribiga biriktiriladi (embedded object).

OLE ob’yektini mavjud fayllardan foydalanib, OLE-server formatlaridan birida ham yaratish mumkin. Buning uchun Create from File tugmasini chertish lozim (18.3-rasm).

Tanlangan ob’yektni ilovaga qo`shish yoki Link tugmasi yordamida biriktirish mumkin.

Loyihani tayyorlashda Microsoft Word Document ni tanlab, yangi ob’yekt hosil qilinali. Bunda OK tugmasini chertish MicroSoft Winword ilovasini ishga tushiradi va ixtiyoriy matn bilan ishlash imkoniyati yuzaga



18.3-rasm. Create from File tugmasini chertish


keladi (masalan, “Это OLE-объект Microsoft Word документ” matni yoziladi). Ishni tugatish uchun File menyusidagi Close and Return to Form1 buyrug’idan foydalaniladi. SHundan keyin ilovani ishga tushirish 8.4-rasmdagi tasvirni ekranga chiqaradi.

18.4. Yangi yaratilgan OLE ob’yektining ko`rinishi

Sichqonchani OLE-konteynerda ikki marta chertish MS Word ilovasini OLE-ob’yektidagi hujjat bilan birga ishga tushiradi va bu hujjatni tahrirlash mumkin bo`ladi. Kiritilgan barcha o`zgarishlar OLE-ob’yektda saqlab qo`yiladi.

Eslatma: Agar ilova ishlab chiqish jarayonida ob’yektni OLE-konteynerga kiritish uchun tanlansa, u to`laligicha forma fayliga (FORM1.DFM) yozib qo`yiladi va keyinchalik, EXE fayl tarzida kompilyatsiya qilinadi. Agar ob’yekt yetarlicha katta hajmga ega bo`lsa, bu komp’yuter ishining sekinlashuviga, uzoq tannafuslarga, hattoki, “Out of resource” tarzidagi hatolikka ham olib kelishi mumkin. SHuning uchun katta hajmli ob’yektlarni birlashtirish (linked) tavsiya qilinadi.

TOLEContainer komponentasi dasturda ob’yektlarni "tabiiy ko`rinishda" ekranga chiqarishga imkon beradi. Agar zarurat bo`lsa, Zoom hususiyati yordamida uni kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin. Shuningdek, Display as Icon (18.3-rasm) bayroqchasini o`rnatish bilan piktogoramma shakliga keltirish mumkin.

OLE-ob’yektini nafaqat ilovalar ishlab chiqish jarayonida emas, balki dastur ishlayotgan vaqtda ham tanlash mumkin. Bu ob’yekt bilan ishlash natijalarini faylda saqlab qo`yish va keyinchalik extiyojga qarab, fayldan qayta tiklash mumkin. Buning uchun TOLEContainer komponentasi SaveToFile hamda LoadFromFile metodlariga ega.


Download 9,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish