12.5. Bitli tasvirlar
Bitli tasvirlar unchalik murakkab bo`lmagan rasmlarni (masalan, buyruqli tugmalar ustidagi rasmlar) yasash va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Bunday tasvirlar bilan ishlash uchun TBitMap tipi kiritilgan.
Bitli tasvirlarni LoadFromFlie metodi bilan yuklash mumkin. Bunda uning parametri bitli BMP-fayl nomidan iborat bo`ladi. Masalan, agar dasturda TBitMap tipidagi Pic o`zgaruvchisi e`lon qilingan bo`lsa,
pic.LoadFromFile('D : images aplane.bmp')
buyrug’i bajarilganidan so`ng, Pic o`zgaruvchisi aplane.bmp faylidagi tasvirga ega bo`ladi.
Bitli tasvirlarni forma yoki Canvas ga chiqarish uchun Draw metodidan foydalaniladi. Masalan.
Image1.Canvas.Draw(x, y, bm);
buyrug’i Image1 komponentasi sirtiga bm bitli tasvirini chiqaradi (bunda x va y parametrlar rasm chap yuqori burchagi holatini belgilaydi).
Agar Draw metodi uchun TBitMap ob’yektining Transparent hususiyati True bo`lsa, u holda chap quyi burchak rangi bilan bir hil rangdagi rasm qismlari ko`rinmaydi, ularning o`rnida fon ko`rsatiladi.
Quyidagi dastur (11.6-listing) bir nechta qismdan iborat bitli tasvir yasash usulini namoyish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |