12.2. Qalam va cho`tka. Matnlarni kanvaga chiqarish
Xolst sirtida sodda tasvirlarni yasashda qalam va cho`tkadan foydalaniladi. Qalam chiziq va konturlarni chizish, cho`tka kontur bilan chegaralangan yopiq sohalarni bo`yash uchun xizmat qiladi.
Qalam va cho`tkaga Pen (qalam) va Brush (cho`tka) hususiyatlari mos keladi. Ular mos ravishda TPen va Tbrush tipidagi ob’yektlar hisoblanib, grafik elementlarning ekrandagi ko`rinishini belgilab beradi.
Qalam. Qalam nuqta, chiziqlar va geometrik figuralarni (to`g’ri to`rtburchak, aylana, ellips, yoy va x.k.) chizish uchun foydalaniladi. Xolst sirtida qalam qoldiradigan chiziqning ko`rinishi TPen ob’yektining Color-rang, Width - chiziq qalinlik, Style - chiziq ko`rinishi, Mode - akslantirish rejimi kabi hususiyatlariga bog’liq.
11.2-jadvalda Color hususiyati sifatida foydalanish mumkin bo`lgan konstantalar (Tcolor tipi) ro`yxati va ularning qiymatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |