Yozuvlarni faylga kiritish va fayldan yozuvlarni kiritish. Barcha ma`lumotlar kabi yozuvlarni ham fayllarda saqlash mumkin. Dastur yozuv-o`zgaruvchining qiymatini faylga kiritish yoki fayldan olish uchun dastlab komponentalari yozuv tipida bo`lgan faylni e`lon qilish lozim. Masalan,
type TTalaba record fam, ism: string[20]; gurux : string[10];end;
var f: file of TTalaba;
buyruqlari komponentalari TTalaba tipida bo`lgan f faylini e`lon qiladi.
9.1-rasm. Faylga yozuvlarni qo`shish dasturining dialog oynasi
Yozuvli fayllar bilan ishlash oddiy fayllar bilan ishlash jarayoni bilan bir hil. Dastlab faylli o`zgaruvchi e`lon qilinadi, so`ngra AssignFile buyrug’i bilan uni aniq bir fayl bilan bog’lanadi, so`ngra o`qish yoki yozish maqsadida ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |