Har bir komponeta sichqoncha yordamida boshqarishni ta`minlovchi bir qator hususiyat va metodlarga ega. Bu o`ta muhim va kerakli mexanizm ekanligi hammaga ravshan.
Dasturchi sichqoncha yordamida ilova interfeysi elementlariga ta`sir qilishi mumkin.
Sichqoncha tugmasining chertilishiga quyidagi metod javob beradi:
type
TMouseEvent = procedure (Sender: TObject;
Button: TMouseButton; Shift: TShiftState; X, Y: Integer) of object;
property OnMouseDown: TMouseEvent;
Bu yerda Button parametrida sichqoncha chertilgan tugmaning alomatlari uzatiladi :
type TMouseButton = (mbLeft, mbRight, mbMiddle);
Shift parametri klaviaturadan bosilgan qo`shimcha tugmani aniqlaydi:
type TShiftState = set of (ssShift, ssAlt, ssCtrl, ssLeft, ssRight, ssMiddle, ssDouble);
X va Y parametrlar sichqoncha ko`rsatkichi koordinatalarini aniqlaydi.
Sichqoncha tugmasini qo`yib yuborilishiga
type
TMouseEvent = procedure (Sender: TObject; Button:TMouseButton;
Shift: TShiftState; X, Y: Integer) of object;
property OnMouseUp: TMouseEvent;
metodi javob beradi. Uning parametrlari yuqorida keltirilgan.
Sichqoncha ko`rsatkichi joyidan siljiganda
TMouseMoveEvent = procedure(Sender: TObject; Shift:
TShiftState; X, Y: Integer) of object;
property OnMouseMove: TMouseMoveEvent;
metodi ishga tushadi.
Agar dasturchi sichqoncha holatini batafsil kuzatishni hoxlamasa, boshqa ikkita metoddan foydalanishi mumkin:
property OnClick: TNotifyEvent;
property OnDblClick: TNotifyEvent;
bu metodlarning birinchisi tugmani bir marta chertilishiga, ikkinchisi esa ikki marta chertilishiga javob beradi.
Har bir boshqaruv elementi o`z ustida yurayotgan sichqoncha ko`rsatkichini o`zgartirishi mumkin. Buning uchun property Cursor: Tcursor hususiyatidan foydalaniladi.
Cichqoncha g’ildiragining aylanishiga javob berish uchun uchta metod nazarda tutilgan:
property OnMouseWheel: TMouseWheelEvent;
|
aylanish vaqtida ishga tushadi;
|
property OnMouseWheelUp: TMouseWheelUpDownEvent;
|
g’ildirak oldinga aylanganda ishga tushadi
|
property OnMouseWheelDown: TMouseWheelUpDownEvent;
|
g’ildirak orqaga aylanganda ishga tushadi.
|
VCL da TMouse klassi mavjud bo`lib, u sichqoncha hususiyatlarini saqlaydi. To`g’ridan-to`g’ri yaratilayotgan klass nusxasiga global Mouse o`zgaruvchisi yordamida murojaat qilish mumkin. Bu klassning xususiyatlari 20.1-jadvalda keltirilgan.
Sichqonchaning boshqaruvchi ta`sirlarini qayta ishlashga namuna qilib DemoMouse misolini ko`rish mumkin. U juda ham sodda bo`lib, sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda surilishi to`g’ri burchakli parcha ajratishni ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |