15-BOB. DASTURDAGI HATOLIKLAR BILAN ISHLASH
Kompilyatsiya jarayonining muvaffaqiyatli tugashi dasturda hali hatoliklar yo`q degani emas. Dastur to`g’ri ishlayotganligiga faqat uning ishi natijalarini tahlil qilib (dastur testlar orqali kutilgan natijalarni berganida) ishonch hosil qilish mumkin.
Odatda dasturlarning ko`pchiligi faqat ma`lum bir boshlang’ich qiymatlar uchun to`g’ri natija bergani xolda, boshqalari uchun esa noto`g’ri natija beradi yoki umuman ishlamaydi. Bu hol dasturda algoritmik hatolar mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu bobda ana shu hatoliklarni aniqlash va bartaraf qilish usullari bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |