4.4. Ma’lumotlarni fizik himoyalash
Axborot xavfsizligini ta’minlashda amalga oshiriladigan dastlabki choralardan biri –
fizik xavfsizlik. Ruxsatsiz fizik boshqaruvni, shaxslar amalga oshiradigan va muhitga bog‘liq tahdidlarni oldini olish uchun tashkilotlar mos fizik xavfsizlik boshqaruvi sharoitida bo‘lishi shart. Tizim ma’muri fizik xavfsizlikga qaratilgan tahdidlardan himoyalanish uchun fizik xavfsizlik choralari o‘rnatilganligini va me’yorida ishlayotganligini kafolatlashi zarur.
Fizik
xavfsizlik qurilmalarni, shaxslarni, tarmoq va ma’lumotlarni hujumlardan himoyalaydi. Ma’lumot, tarmoq va qurilmalar himoyasi o‘zida tabiiy va sun’iy (inson tomonidan qilingan) tahdidlardan himoyalash vositalarini mujassamlashtiradi. Tashkilotlar fizik xavfsizlikni ta’minlash uchun mos himoya vositalaridan foydalanishda o‘z infrastrukturasi va axborot tizimlarining fizik xavfsizligiga ta’sir qiluvchi barcha holatlarni inobatga olishi shart.
Fizik xavfsizlik – tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan biri bo‘lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta’minlashda kalit, qo‘riqchi, to‘siq, eshik va shunga o‘xshash vositalardan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik xavfsizlikning shakli keskin o‘zgarib bormoqda va tashkilotlardan ishchi kuchlari, aktivlar va ko‘chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur aktivlarning fizik xavfsizligini ta’minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri bo‘lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda
binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga, ishchi kuchlariga, tabiiy hodisalarga,
quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va boshqalarga e’tibor beriladi. Fizik xavfsizlikning vazifasi, tashkilot binosini va aktivlarini o‘g‘irlikdan, bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan, iqlim o‘zgarishlaridan, muhit o‘zgarishlaridan va inson tahdidlaridan himoyalashdir. Ko‘p sathli himoyalash choralari tashkilotni turli fizik tahdidlardan himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot binolariga tashqaridan kirishni va tashqi transport vositalarining harakatini nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi tashqaridan keluvchini yoki buzg‘unchini tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini oldini oladi va dastlabki sathda tashkilotga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytiradi. Himoyaning
keyingi sathi transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot aktivlarini ichki va tashqi xavflardan himoyalaydi. Ushbu sathda uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash, tashkilot asosiy binolarini mashinalar to‘xtash joylaridan ajratish, to‘g‘ri ventilyatsiya tizimiga ega yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos joyga o‘rnatish, ogohlantirish tizimlari va h. amalga
Fizik xavfsizlikning buzilishi boshqa xavfsizliklarni buzilishlaridan keskin farq qilib, juda ham kam hollarda texnik ma’lumotisiz amalga oshirilishi mumkin. Ana’naviy xavfsizlik choralari, masalan, tarmoqlararo ekran (FireWall), IDS (Instrusion Detection System) va boshqa himoya vositalarining fizik xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lsa, xavfsizlik muammolari yanada ortadi. Masalan, tarmoqlararo ekran OSI modelining turli sathlarida himoyani tashkil etadi. Biroq, tashkilotning fizik xavfsizligiga ta’sir eta olmaydi (4.16-rasm).
Fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida himoyani ta’minlaydi.