77
317.Bir onning bahosin o’lchamoq uchun nimalar oz
deyilgan? Oltindan tarozi, olmosdan tosh
318.Yashash darvozasi ostonasidan nima kabi
ochilur olam deyilgan? Zarhal kitob
319.Tiriklik ko’rki nimalar? Mehnat, muhabbat
320.Aziz, mukarram qilguvchi nima? Fursat
321.Shuhrat qoldirish uchun nima qilish shart emas
deyilgan? Gerostratdek Diana ma’budi
ibodatxonasini yoqish
322.Nima lahzalarda hal bo’ladi? Asrlar taqdiri
323.Umrdan o’tajak har lahza uchun nima qilaylik
deyilgan? Qudratli qo’l bilan qo’yaylik haykal
324 "Iblisning g 'arazi bo'lgan bu urush Albatta,
yetadi o'zin boshiga ... " G'.G’ulomning ushbu
misralari qaysi mumtoz adib ijodi ta'siri hisoblanadi?
Abdulqodir Bedil
325. “Sog’inish” she’rida qaysi meva nomlari tilga
olingan? Anjir, shaftoli
326.”O’zbek otasi” degan tushuncha qaysi she`rga
to’g’ri keladi? ”Sog’inish”
327.Maqomi zolim oxir barifonast arzoniy, Agar
otash furu aftad baxokistar dehad jaro… bayti
kimning ijodiga tegishli?A.Bedil
328.”O’zbek otasi”ning bo’rtma, umumiy hamma
uchun tanish, yaxlit siymosi aynan kimning qaysi
she’rida aks etgan? G’afur G’ulomning “Sog’inish”
she’ri
MUSO TOSHMUHAMMAD O’G’LI OYBEK
329.Oybekning she’riyat, nasr, badiiy publitsistika,
tarjima, adabiyotshunosli va tanqidchilik sohasida
qoldirgan boy merosi qaysi asaridan joy olgan?
“Mukammal asarlar to’plami.
330. Ilk she’ri qachon va qaysi nom bilan e’lon
qilingan? 1922-yil “Cholg’u tovushi”
331.She’riy to’plamlarini sanang. “Tuyg’ular”,
“Ko’ngil naylari”, “Mash’ala”, “Baxtigul va Sog’indiq”,
“Quyosh qo’shig’I”, “She’rlar”, “Front bo’ylab”, “Olovli
yo’llar”, “Ko’ngil kuylari”
332.Oybekning shoir sifatida shakllanishida kimning
ta’siri kuchli bo’lgan? Cho’lpon
333.Qaysi she’rida quvonchlarga baxil hayotdan ozor
topgan lirik qahramon ko’nglidagi dardlar zalvori
seziladi? “Kuz yomg’iri”
334.”Kuz yomg’iri” she’rining qofiyalanish tartibi
qanaqa? a-b-b-a
335.Kimning akasriyat she’rlarida asosiy e’tibor
voqea yoki narsaga emas, balki ularda hosil
bo’layotgan tuyg’uga, kyfiyatga, ko’ngilga qaratiladi?
Oybekning
336. Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To’kildi
umidning rangli barglari, Osildi bir onda qo’llar
madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari…
Ushbu misralar qaysi she’ridan olingan? “Qoraxat”
337. Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To’kildi
umidning rangli barglari, Osildi bir onda qo’llar
madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari.
Misralarida qanday she’riy san’at qo’llangan?
O’xshatish, istiora, jonlantirish
338.Na’matak she’ri qachon yozilgan? 1936-yil
339. Kimlar haqida yozgan maqola va risalasi bilan
o’z hayotini xavf ostiga qo’ygan? 1927-yilda Cho’lpon
haqida maqola yozgan, 30-yillar o’rtasida “Abdulla
Qodiriyning ijodiy yo’li” risolasi
340.Oybekning “Na’matak” she’ri nimaning timsoli?
Erksizlik tutqunlikka buysunmagan ijodkor ruhning,
olamni qutqaruvchi bezavol go’zallikning so’nmas
timsoli
341.She’rda nimga hech ko’ngil qoniqmasligi haqida
gap ketgan? Mayin raqsiga
342.Nimani naqadar mas’um deya tasvirlangan?
Nozik salomlari
343.”O’zbekiston” she’ri qachon yozilgan? 1934-yilda
344.She’rda aytilishicha O’zbekistonning kuchi
nimada? Baxt toshini chaquvchi, o’lkaning qiri, tog’i,
cho’li bag’rida pinhon xazinalarni ochguvchi
qudratdir
345. Nimani bir kulcha oltin deygan? Bir tomchi qoni
346.Bolg’alar-la parchalandi uyqu iloni, Mehnatkash
el bukun belin ko’tardi mag’rur. Ushbu misralarda
qanday tarixiy haqiqat haqida bayon etilgan?
Respublikamizning sanoatlashish yo’liga qadam
bosgani, bu narsa esa yerga ming bora egilib
dehqonchilik qilib kelgan o’zbek mehnatkashining
“belini g’oz” qilganini yorqin ifoda etadi.
347. Xonaqoni tashlab fikr fanlarni mindi, Elektron
tekshiradi kechagi cho’pon deganda nimani nazarda
tutgan. O’sish, o’zgarish fanda, ilm-u ma’rifatda,
demakki fikr va tafakkurda ham yaqqol seziladi.
348. Qaysi misrasi orqali Oybek barchamizni
O’zbekiston atalmish yurtni, uning o’zligini-tarixi,
buguni kelajagini qunt ila o’qish tanish va shular
asosida sevishga ardoqlashga da’vat etgan? O’qi va
sev! Buning ismi yosh O’zbekiston
349.Oybek „vahshiy qoyalarning ajib ijodi“ deb
nimaga ta’rif bergan? Na’matak
350.Kimning iborasi bilan aytganda „Tariximizning
eng kir va qora kunlar bo’lmish“ oxirgi xonliklar
davri haqida? Abdulla Qodiriy
MAQSUD SHAYXZODA
Do'stlaringiz bilan baham: