79
391.Ispan dramaturglarini ayting? Lape de Vega ,
Kalderon
392.Nemis dramaturglarini ayting? Gyote, Shiller
393.Padarkush tragediyasining muallifini toping?
Mahmudxo’ja Behbudiy
394.”Jaloliddin Manguberdi‘‘ tragediyasidagi tarixiy
shaxslar kimlar? Jaloliddin Manguberdi,
Xorazimshoh, Temur Malik va h.k.
395.”Jaloliddin Manguberdi‘‘ tragediyasidagi badiiy
to’qima obrazlar kimlar? Elbors pahlavon, Devona
chol
396.Tragediya so’zning lug’aviy ma’nosi nima
degani? Yunoncha “Echki qo’shg’i”
USMON NOSIR
397.Usmon Nosir qayerda tug’ilgan? Namangan
shahrining “Chuqur ko’cha” dahasida
398. Usmon Nosir Masodiq o’g’li necha yoshida otalik
mehrini Nosirhoji xonadonidan topdi? 4 yoshida
399"Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan
ko'mak o'tindim " degan yosh shoir kim? U.Nosir
400.Usmon Nosirning nechta she'riy to’plami bor?
5ta
401.Usmon Nosir dostonlari berilgan qatorni toping.
"Norbo'ta", "Naxshon"
402.Usmon Nosir dramalari berilgan qatorni toping.
”Atlas", "Zafar", "So'nggi kun”, “Dushman"
403.Usmon Nosir tarjima qilgan asarlarni belgilang.
Pushkin "Bog'chasaroy fontani", Kirshon "Ulug' kun";
Lermontov "Iblis"; Dobrolyubov "Haqiqiy kun qachon
keladi?"
404.Ijodining qaysi yillarida publitsistik munosabat,
publitsistik pafos, publitsistikaga ko'proq e'tibor
beradi? 1927-1932-yillar
405."Usmon she'riyatimizga shamolday kirib keldi.
Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to’lqin bilan
kirib keldiki, uncha-muncha she'riy
uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi". Ushbu ta'rif
muallifi kim? Turob To'la
406.Usmon Nosirni o'zimizda nima deb atashadi?
"O'zbekning Lermontovi"
407.Usmon Nosir qachondan o’quvchiga tanila
boshladi? 20-yillardan
408.Qachon uning asarlarini kitobxonlar intiqlik
bilan kutadigan shoirga aylandi? 30-yillar
409.Usmon Nosir necha yoshlarida ijod qilgan?
18-24yoshlarida
410.Shoirning qaysi she’rida she’riyat va hayot
oshig’ligi namoyon bo’ladi? “Yana she’rimga”
411.Usmon Nosir she’rining bahosini nimaga
qiyoslagan? Umr bahosiga
412.Shoir qaysi she’rida unga gullardan haykal
qurishini aytgan? “bog’im”
413.Qaysi she’ri 1933-yil Samarqandda yozilgan?
Yurak
415.Shoir qay”si she’rida o’z shaxsiga ijodiga
murojaat qiladi? “Yurak
416.Agar Vatan rozi bo’lmasa nimaga aylan deyilgan?
Chaqmoq
417.Shoirning qaysi she’ri qadimgi Misr va Rimdagi
quldorlik tuzumi haqida? “Nil va Rim”
418."Ufqdan botar quyoshni Shart kesilgan boshga
o'xshatdim ",- degan so'zlar U.Nosirning qaysi
she'ridan olingan? "Monolog"
419. "Nil va Rim" she'ri qachon yozilgan? 1935-yil
420."Monolog" she'ri qachon yozilgan? 1933-yil
421.Usmon Nosir qaysi she'rining lirik qahramoni
hamma qullik qilib turgan, ta'rifiga hamd-u sano
keltirayotgan sevgiga qarshi bosh ko'taradi?
"Monolog"
422.Usmon Nosirning qaysi she'rida Petrarka,
Sapfo,Tasso, Dante obrazlariga murojaat qilinadi?
"Monolog"
423."Olovdek lovullab dil yonur, Baxtliman janglarga
yarasam!" - misralari nniallifi kim? Usmon Nosir
424. Usmon Nosir qaysi tilni puxta o'rgangan? rus
425."Tingla, erkam, o'rtog'imsan, Ko'nglimni ochay.
Qonim she'r bo'lib oqsin-da, Men qayta ichay",-
misralari muallifi kim? Usmon Nosir
426.Sharqda oy nimaning ramzi? Go'zallik
427. Usmon Nosirning qaysi she 'ri: "Itoat et! Agar
sendan Vatan rozi emas bo'lsa, Yoril, chaqmoqqa
aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o'lsam!.." misralari
bilan yakunlanadi? ”Yurak"
428. Usmon Nosirning qaysi she'ri uning ijodiy
qiyofasini belgilab beradi? ”Yurak"
429. Usmon Nosir kimni o’zining eng buyuk ustozi
hisoblagan? Cho'lpon
Do'stlaringiz bilan baham: