Miqdorlarga doir masalalarni yechishga o'rgatishda pedtexnologiyalardan foydalanish
Reja:
1.Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati.
2. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari.
3. Asosiy miqdorga doir masalalar yechish.
4. Miqdorga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati.
5. Miqdorlar mavzusiga oid dars ishlanmalaridan namunalar.
Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar asosan 2 turda bo‘ladi.
1.Sodda masalalar
2.Murakkab masalalar.
Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar malaka va ko‘nikmalarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. Yyechilish uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq ammalarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.
Sodda va murakkab masalalar bolalarnig fikrlash qobilyatini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda o‘z ichiga “yashirin informatsiyani oladi. Bolalarni vatanga muhabbat mehnatsevarlik, talabchanlik, erkinlik va maqsadga intilish ruhida tarbiyalashda masalalar yechishning ahamiyati katta.
Masalalar ustida ishlanar ekan sistemali ravishda va rejali asosda o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi.
1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.
2. Masalani dastlabki analiz qilish.
3. Masalani qisqa yozish malakasi.
4. Sodda masalalarni yechishda amalga asoslab berish rejasini tuzish malakasi.
5. Echshni bajarish, uni o‘qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish.
6. Masala yechishni tekshira olish malakasi.
7. Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemali belgilash va uni joriy qilish malakasi.
Ma’lumki no’malumdan, muximni, nomuximdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidan bog‘lanishlarni ochish bu eng muxim malakalardan biri. Masala matni ustida og‘zaki ishlagandan keyin uning matematik terminlartiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar orqali belgilash kerak1.
Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega.
Masalalarning sintetik tahlili deyilganda muloxazalarning shunday rivoji tushiniladiki bunda 2 ta son ma’lumotni birlashtirish natijasida bu ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi.
Masala tahlilining analitik usuli shunday muloxazalar zanjiridan iboratki Masala savoliga javob topish uchun zarur ma’lumotlar tanlanadi, bu ma’lumotlarni boshqa ma’lumotlardan foydalanib topish mumkin. Murakkab masalalarni arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish mumkin.
Kartochkalarda quyidagi topshiriq yozilgan bo‘lishi mumkin.
1. Masalani o‘qib chiq. Masalada nima haqida gap borayotganini o‘zing
tassavur qil.
2. Masalada nima ma’lumva nimani topish kerakligini aniqlashtirib ol. Agar masala matnini tushinib olish qiyin bo‘lsa qisqa yoz.
3. Qisqa yozuv bo‘yicha har bir son nimani ko‘rsatishini tushuntir va masala savolini takrorla.
4. O‘ylab ko‘r. Masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi?. Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?. Reja tuz.
5. Yechishni bajar va javobini yoz.
6. O‘z echimingni to‘g‘riligini tekshirib ko‘r.
7. O‘zingga qiziqarli savollar ber va javob ber.
Ilg‘or o‘qituvchilar ishlarida o‘quvchilani mustaqil masalalar yechishga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ajratish mumkin.
1-bosqich: masala o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari bo‘yicha yechiladi. Yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.
2 – bosqich: O‘qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Masla mustaqil sinfda yoki uyda yechiladi.
3 – bosqich: Masalani o‘qituvchining yordamisiz mustaqil yechish.
Asosiy miqdorlarga doir masalalar yechish Matematika darslarida har xil miqdorlarni o‘rganish jarayonida mahalliy materiallardan foydalanishning ahamiyati katta.
Mahalliy material asosida masalalar tuzishni ekskursiya materiallari asosida amalga oshirish mumkin. Buning uchun o‘quvchilar bilan birgalikda har xil korxonalarga, fabrikalarga, fermerlarga, dalalarga ekskursiyalar uyushtiriladi. U erda o‘quvchilar, ishchilar mehnati xozirgi zamon texnikasi bilan tanishtiradilar. Ularni kuzatadilar shu yo‘l bilan maxsulot xajmini, sarf bo‘lgan homashyo va boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalovchi son ma’lumotlarni oladilar. Ekskursiyadan olgan “Xajmi” sonlar matematika darslarida o‘quvchilarning o‘z masalalarini tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mavzu bolalarning mehnat tarbiyalarini, o‘zlarining turmushda kattalar mehnatida qatnashishga ishtiyoqlarini tarbiyalashga yordam beradi2.
Misol uchun 4-sinf matematika darsligida berilgan ushbu masalani ko‘raylik: 1s makalatura 8 tup daraxtni kesishdan saqlaydi. Agar 4 – “A” sinf o‘quvchilari 1460 kg va 4- “V” sinf o‘quvchilari 1540 kg makalatura yig‘ishgan bo‘lsa, ular hammasi bo‘lib necha tup daraxtni kesishdan asrab qolganlar.
Bu masalani yechishdan oldin o‘qituvchi masalaning mohiyati o‘quvchilarga ochib berishi kerak. Ya’ni qog‘ozlarning asosan daraxtlardan tayyorlanishini tushuntirib, makulatura to‘plash tabiat ga qancha foyda bo‘lishini tushuntiradi.
Masalan, Andijon tumanidagi 25 – maktab O‘qituvchisi Xayrullaeva Sh. “O‘zbekiston” qishloq xo‘jalik shirkatinig 1 brigadasiga uyushtirgan ekskursiyada brigada bu yil 120 ga maydonga paxta 65 ga maydonga bug‘doy, 40 ga maydongasholi ekib, brigadaning 10 ga erida terakzor tashkil etilgani haqida malumotnomaga ega bo‘ldi.
So‘ng quyidagi masalalar tuzildi.
1. Brigada 65 ga maydonga ekkan bo‘lib,paxta maydoni undan 55 ga ortiq qancha erga paxta ekilgan?
2. Brigada 120 ga erga paxta, 65 ga erga bug‘doy, 40 ga erga sholi ekilgan. 10 ga erni terakzor tashkil etadi. Brigada ixtiyorida qancha er maydoni bor.
3. Brigadaning 65 ga maydoniga bug‘doy 45 ga maydoniga sholi ekilgan va qancha joyda bug‘doy va sholi ekilganbo‘lsa shuncha joyga paxta ekilgan. Brigadaning paxta ekish maydoni necha gektarga teng.
Tarbiyalashning turli usullarni o‘z fermasida, o‘ziga ajratib berilgan ekin maydonlarida o‘z firmasida yaxshi natijalarga erishayotgan ishlar tadbirkorlar bilan uchrashuvlar muhim o‘rin egallaydi.
Shu o‘rinda quyidagicha o‘xshash masalalarni misol tariqasida keltiramiz.
1. Bobokalonimiz 1336 yilda Shaxrisabz yaqinida tug‘ilgan 1405 yilda O‘trorda vafot etgan. Ular necha yoshga kirganlar?
2. Xamyurtimiz Z.M.Bobur 1483 yilda Andijonda tug‘ilgan, 1495 yilda esa otasining o‘rniga taxtga o‘tirdi. Boburmirzo taxtga o‘tirganida necha yoshda edilar?
O‘quvchilar “ASR” mavzusi bilan tanishganda bu masala savolga qo‘shimcha qilib A.Temur yoki Z.M.Bobur bobolarimiz nechanchi asrlarda yashagan?
Degan savolni qo‘yish o‘rinli
3. Andijon shahridagi Jomiy masjidi minorasi 36 metr balandlikka ega. Andijondagi eng baland to‘qqiz qavatli uyning balandligi esa 27 metr masjid minorasi bu uydan necha metr baland?
Mahalliy ma’lumotlar asosida tuzilgan masalalar sistemasiga kiritib, ulardan ham darslardan keng foydalanish mumkin.
1. 1 kg kartoshka 75 so‘m, 1 kg sabzi esa 40 so‘m turadi. 3 kg kartoshka va 5 kg sabzi olish uchun necha so‘m sarflanadi.
2. Umida kitob magazinidan 1000 so‘mga kitob sotib oldi. U kitobga necha so‘mlik pullik xaq to‘lashi mumkin? O‘qituvchi o‘quvchilarga har xil yo‘naltiruvchi savollar berib ularni muammoli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Masalan:
- qani bolalar, agar Umida faqat 50 so‘mlik pullari bor bo‘lsa, unda xaqni qanday to‘lash mumkin?
- agar faqat 100 so‘mlik pullari bo‘lsachi?
- agar 100 so‘mlik va 500 so‘mlik pullari bo‘lsachi?
Do'stlaringiz bilan baham: |