Gravimetrik analiz
Bu analiz tekshirilayotgan modda yoki uning tarkibiy qismlarini kimyoviy toza holda yoki muayyan birikmalar holida ajratib, ajratilgan moddaning massasini aniq o‘lchashga asoslangan. Gravimetrik analiz ajratish, haydash, cho'ktirish usullariga bolinadi. Barcha gravimetrik usullar bevosita va bilvosita holda bajariladi.
Ajratish usullari aniqlanuvchi tarkibiy qismni erkin holda miqdoriy jihatdan to‘liq ajratib, uning massasini o'lchashga asoslangan. Masalan, qotishmadagi oltinni aniqlash talab etilsa, dastavval, qotishma zar suvida eritiladi, so'ngra eritmadagi oltin biror qaytaruvchi ta’siridan tegishli tartibda qaytariladi, natijada erkin holda ajralgan oltin cho'kadi. Cho'kma filtrlanib, suyultirilgan HCI eritmasi bilan yuvilgandan keyin quritib olinadi va uning massasi o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |