Miqdoriy analiz. Gravimetriya



Download 21,34 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi21,34 Kb.
#249548
  1   2   3   4
Bog'liq
Miqdoriy analiz


MIQDORIY ANALIZ. GRAVIMETRIYA

13.1-§. Miqdoriy analiz

Miqdoriy analizda tekshiriladigan obyektning tarkibiga kiruvchi moddalar, elementlar, ionlar yoki namuna tarkibidagi ayrim qismlarning miqdori topiladi. Ayrim hollarda, berilgan tekshiriluvchi modda tarkibiga kiruvchi har bir element, ion yoki birikmaning miqdorini topish talab etiladi. Masalan, bronza yoki latun singari mis qotishmalari tarkibidagi mis, qalay, qo‘rg‘oshin, rux va boshqalarni aniqlash bunga misol bo‘la oladi. Ba’zan, u yoki bu element (ion)ning umumiy miqdorini emas, balki uning har bir ko'rinishi miqdorini aniqlash talab etiladi. Masalan, ruda analiz qilinganda, undagi oltingugurtning umumiy miqdoridan tashqari, erkin (S), sulfid (S^ ), pirit ([S J‘2) va sulfat (SO^^ ) holidagi oltingugurt aniqlanadi. Agar noma’lum modda analiz qilinayotgan bo‘lsa, avvalo, sifat analizi o'tkaziladi, chunki miqdoriy aniqlash usulini tanlash ko‘p jihatdan analiz qilinadigan moddaning sifat tarkibiga bog'liq. Ko'pincha, analiz qilinadigan moddaning sifat tarkibi oldindan ma’lum bo’ladi, ayrim hollarda esa tarkibiy qismlaming miqdori taxminan ma’lum bo‘ladi. Bunday hollarda sifat analizi o‘tkazishga hojat qolmaydi va analiz natijasida bir yoki bir necha tarkibiy qismning miqdori aniqlanadi. Hozirgi davrda zamonaviy ishlab chiqarish va elektron texnika singari tarmoqlarning rivojlanishi moddalar tarkibidagi aralashmalarning eng kam miqdorini aniqlashga e’tiborni oshirdi. Miqdoriy analiz kimyoviy jarayonlar, ishlab chiqarishda xom ashyo, oraliq va tayyor mahsulotlarni nazorat qilishning asosiy usulidir. Miqdoriy analiz fan, texnika va sanoatning rivojlanishini ta’minlovchi asosiy qurollardan biridir. Aniqligi yuqori bolgan miqdoriy aniqlash usullarining ishlab chiqarishga joriy etilishi ko‘p jihatdan atom va yarim o‘tkazgichlar texnikasi, issiqiikka chidamli qotishmalar, yuqori sifatli polimer materiallar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bugungi kunda miqdoriy analiz turli kimyoviy, fizikaviy, fizikkimyoviy va biologik usullar yordamida bajariladi. Bu usullar orasida fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar muhim ahamiyatga ega. Ular moddalarning o'lchanadigan xossalari bo‘yicha elektr kimyoviy, spektroskopik, xromatografik va boshqalarga bo‘linadi.

Elektr kimyoviy usullarda elektr kattaliklar (elektr o‘tkazuvchanlik, potensial, diffuzion tok, elektr miqdori va boshqalar) o‘lchanadi. Optikaviy usullarda elektr magnit nurlarining yutilishi, chiqarilishi, sindirilishi kabi xossalar tekshiriladi. Biologik usullar ta ’m, hid va boshqa sezgi organlarining xususiyatlariga asoslangan. Miqdoriy analizning kimyoviy usullari gravimetrik va titrimetrik usullarga bo'linadi. Agar gazlar analiz qilinsa volyumometrik analiz to‘g‘risida gap boradi. Gravimetriya va titrimetriya usullarining bir biriga o‘xshashlik va farqli tomonlari mavjud bo'lib, buni quyidagi qiyoslashdan ko‘rishimiz mumkin:

1) Gravimetrik analiz negizida massani aniq o'lchash yotsa, titrimetrik analiz negizida hajmni aniq o'lchash yotadi.

2) Gravimetrik analizda aniqlanadigan modda yoki tarkibida aniqlanadigan modda (tarkibiy qism) bolgan cho'kma (namuna) massasi o‘lchanadi. Titrimetrik analizda esa analiz qilinuvchi modda va u bilan reaksiyaga kirishuvchi reaktiv eritmasining hajmi o‘lchanadi.

3) Gravimetrik analizda reaktivlarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari ishlatilsa, titrim etrik analizda ulaming aniq konsentratsiyali eritmalari ishlatiladi.

4) Gravimetrik analizda reaktivlar eritmalari, asosan, tekshiriladigan eritmaga ortiqcha miqdorda qo‘shilsa, titrimetrik analizda qat’iy ekvivalent miqdorlarda qo‘shiladi.

5) Gravimetrik analizda ekvivalentlik paytining qachon yuzaga kelishi ahamiyatga ega emas, titrim etrik analizda esa ekvivalentlik nuqtasining aniq qayd etilishi juda muhimdir.

6) Gravimetrik analizda moddani cho'ktirish, dekantatsiyalash, filtrlash, cho'kmani yuvish, quritish, kuydirish, tortish amallari uchun ko‘p vaqt talab etilgani holda, titrimetrik analizda bunday operatsiyalar bo‘lmagani uchun analizga kam vaqt sarflanadi.

7) Gravimetrik analizning aniqligi: 10 darajasida -2 / 5*10 darajasida -3% bolib, titrimetrik analizning aniqligi 10 '- 5 1 0 ‘^ % ni tashkil etadi.


Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish