2.1.1-rasm. O’zbekiston turistik mintaqalari1
Toshkent turistik mintaqasiga Toshkent sahri va Toshkent viloyatidagi muhim dam olish maskanlari joylashgan hududlar kiritiladi. Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri va o’zining 2200 yilligini nishonlagan azmi Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, ayni paytda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy qiyofadagi betakror shahardir.
Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Shuningdek, poytaxt viloyatda ham dam olish uchun qulay bir qator maskanlar tashkil qilingan, misol tariqasida Chimyon tog’ sport kompleksi, Chorbog’ dam olish markazi, Toshkent dengizi (Tuyabo’g’iz suvombori) kabi dam olish mumkin bo’lgan rekrasion manzillar kiritilgan bo’lib, aynan ushbu maskanlardan mahalliy va chet el sayyohlari dam olish, davolanish hamda boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.
O’zbekiston durdonasi hisoblangan Farg’ona vodiysi o’zining maftunkor maskanlari bilan alohida o’rin egallaydi. Qadimiy Qo’qon va Marg’ilon shaharlari bilan birga so’lim Shohimardon, Chortoq va mashhur Chust, Rishton o’ziga kishilarni jalb qilganidek, zamonaviy qiyofadagi Andijon, Namangan va Farg’ona nafaqat mahalliy, balkim xorijlik mehmonlarni ham o’ziga tortadi.
Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol oynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi”deb nom old. Hozirgi kunda Samarqand aholisining soni ko’pligi jihatidan mamlakatimizda ikkinchi o’rinda turuvchi maftunkor shahar bo’lib,qadimda u “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan dunyoning ko’pgina Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand - buyuk davlat hukmdori Amir Temur davrida temuriylar davlati poytaxti etib tanlangan keyin o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bobosini an’analarni davom ettirdiva shahar beqiyos darajada gullab yashnadi. Bugungi Samarqand yanada go’zal va maftunkor, shahardagi qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralar orqali har qanday kishi qadim tarixning nafasini his etish va undan ma’naviy oziqa olishi mumkin.
Shahardagi Registon maydoni takrorlanmas me’moriy obidalar majmuasi bo’lib, qadimda bu maydon savdo va ijtimoiy markaz vazifasini bajargan. Bu yerdagi Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari yaxlit uyg’unlikda kishilarni o’ziga yanada rom aylaydi. Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy. Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar jumladan: Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Xonim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek yana bir qancha tarixiy yodgorliklar, shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilayotgan bo’lsa, ushbu manzilning zamonaviy qiyofasi hamda namunali turistik xizmatlarning a’lo darajada yo’lga qoyilganligi sayyohlarda mamlakatimiz haqida ijobiy fikrlar uyg’onishiga sabab bo’lmoqda.
Mazkur turistik mintaqaga yana Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni, Kitob qo’riqxonasi, imom Buxoriy maqbarasi (Chelak qishlogidagi) hamda bir qator tabiiy rekrasion dam olish maskanlarni kiritish mumkin.
Mamlakatimizning eng janubiy o’lkasi Surxondaryo o’ziga xos tabiatga va ko’pgina tarixiy obidalarga ega. Subtropik iqlim va baland tog’lar o’lka tabiatida uhim o’ziga xoslikni shakllantirgan. Rang-barang tabiat mo’jizalariga monand ravishda viloyatning ming yillik tarixidan boxabar qiluvchi ko’hna arxeologik obidalari ichida At-Termiziy maqbarasi, Jarqo’rg’on minorasi, Dalvarzintepa yodgorligi sayyohlarni o’ziga keng miqyosda jalb qilib kelmoqda. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga oyilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashhur joy. Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashhur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud. Boysun qirlarida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Boysun bahori” nomli folklor-etnogragfik jamoalar festivali nafaqat mahalliy, balkim chet ellik mehmonlarni ham o’ziga jalb qilmoqda.
Qadimiy ushbu shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo’lib, o’zida 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro mahalliy va chet ellik sayyohlarning eng sevimli joylaridan biridir. Buxoro amirlarining mustahkam qarorgohi Ark, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi yodgorliklar bilan birga mustaqillik yillarida bunyod qilingan Buxoroning ming yillik tarixini aks ettituvchi shahar monimenti, muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridir.
Mintaqaning ikkinchi kichik markazi Karmanadir, unda ajdodlarimiz tomonidan bunyod qilingan tarixiy obidalari bilan birga, ming yillik tarix sir-sinoatlarini o’zida jamlagan Sarmishsoy qoyatoshlaridagi rasmlar, Qizilqum bag’ridagi geologiya toshloq o’rmoni ham ko’pchilikni o’ziga jalb qiladi.
Ushbu turistik rekratsion mintaqa Xorazmshohlar davlatchiligining boy tarixiy obidalari hamda Amudaryo sohillaridagi to’qayzorlarida tashkil qilingan “Amudaryo rezervati”, shunigdek Orolboyi ekologik mintaqasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. Xiva “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida oylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qal’aga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi xuddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.
Xivada O’zbekistondagi eng baland minora Islom-Xo’ja minori joylashgan bo’lib aksariyat sayyohlar ushbu tarixiy obidaga chiqishni orzu qiladilar hamda unda turib butun shaharni tomosha qilish imkoniga ega bo’ladilar. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib, ulardan eng nomdori marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon haramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-hovli saroyidir. Ichan-Qal’a baland devor bilan o’rab olingan-ki, mazkur devor balandligi 10 metrdan ortiq va kengligi 2 ta ot arava bir vaqtning o’zida harakatlangudek qilib ishlangan. Shahardagi o’nlab muzeylar qadim tarixdan boxabar qilib turadi.
Qoraqolpog`iston mazkur turistik mintaqaning ikkinchi ajralmas qismidir, yohud bu hududdagi mungli qal’alar hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtadir. Bu yerda joylashgan Ayozqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a, Katqal’a, Shilpiqqal’a, Yanboshqal’a, Hozlimxon-Suluv tarixiy yodgorliklari hamda Sulton Uvays maqbarasi, shuningdek Nukus shahridagi Savetskiy nomidagi muzey mahalliy va chet ellik sayyohlarnio’ziga jalb qilib kelmoqda. Yuqoridagi turistik mintaqalarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadga keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozim.
О‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kо‘tarish borasida, avvalo kо‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bо‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kо‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish orzusida yashaydilar. Kо‘p mamlakatlarda О‘zbekiston о‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. О‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol “Sharqning javohirlari” deb atash mumkin. О‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda viloyatlardagi imkoniyatlarni о‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekiston tabiati boy va rang-barang bо‘lib, mamlakatning turli hududlarida 200 dan ortiq shifobaxsh yerosti mineral suvlari hamda balchiq manbalari aniqlangan. Ushbu yerosti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy-biologik va boshqa xususiyatlariga kо‘ra turli-tuman bо‘lib, ular asosida fizioterapevtik shifoxonalar, sanatoriy-kurortlar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari tashkil etilgan. Masalan, Zomin, Chimyon, Oqtosh, Chortoq, Sitorai Mohi Xosa, Turon, Chinobod kabilarni qayd etish mumkin. Hozirgi paytda respublikamizda 56348 tadan ziyod о‘ringa mо‘ljallangan joylar bо‘yicha nomer fondiga ega bо‘lgan maxsus sanatoriy, profilaktoriy va dam olish uylari faoliyat kо‘rsatmoqda.
О‘zbekistonda nafaqat yilning issiq vaqtlarida, shuningdek, qish va kuz mavsumida ham faol dam olishni tashkil etish mumkin. Chimyondagi qishki sport-dam olish majmuasi buning yorqin dalilidir. Ya’ni, Beldirsoy oromgohida 1800-2000 m balandlikda kuzdan kech bahorgacha qor sporti bilan shug‘ullansa bо‘ladi. Xuddi shunday sport oromgohlarini Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham tashkil qilish uchun barcha tabiiy shart-sharoitlar mavjud.
О‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlar bozori rivojlanishida sanatoriy-kurort va dam olish maskanlarida sezilarli darajada hududiy birliklar konsentratsiyasi va taklifining differensiatsiyasi mavjudligini kо‘rsatmoqda. Rekreatsion turizmning tarkibiy qismi bо‘lgan sanatoriy-kurort va dam olish maskanlari rivojlanishining hozirgi holati bо‘yicha har bir viloyatning о‘ziga xos xususiyatlari farqlanadi.
О‘zbekiston hududlaridagi sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatining aholiga kо‘rsatayotgan xizmatlarini quyidagi guruhlarga birlashtirish natijasida hududiy birliklar konsentratsiyasi va taklifining differensiatsiyasi qay darajada ekanligini aniqlash mumkin. Bunda о‘ta rivojlangan viloyatlar qatoriga Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Toshkent shahri kiradi. Rivojlangan viloyatlar qatoriga Jizzax, Samarqand viloyatlari, о‘rtacha rivojlangan viloyatlarga Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va kam rivojlangan viloyatlar qatoriga esa, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari kiradi.
О‘zbekiston hududlaridagi sanatoriy-kurortlarda davolanish xizmatlarining yaxshi yо‘lga qо‘yilishi asosan hududiy birliklar konsentratsiyasida turizm sohasi rivojlangan shaharlarga tо‘g‘ri kelmoqda. Taklifning differensiatsiyasi nisbatan kam rivojlangan viloyatlar qatori Buxoro, Xorazm kabi tarixiy shaharlarga ham tо‘g‘ri kelayotgani, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa talab tо‘la qondirilmay qolayotgani kuzatilmoqda. Demak, hududlarda joylashgan sanatoriy-kurortlarda davolanish xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha hududiy birliklar konsentratsiyasi notekis rivojlanmoqda. Shu bilan birga, sanatoriy-kurort muassasalari fondidagi о‘rinlar soni bо‘yicha Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, muassasalar soni bо‘yicha ham ular ustunlik qilmoqda. Bunda Samarqand viloyati esa beshinchi о‘rinni egallab turibdi.
О‘zbekistonda kam rivojlangan viloyatlardan Navoiyda beshta sanatoriy-kurort tashkiloti, Jizzaxda - tо‘rtta, Xorazmda - tо‘rtta va Buxoroda - uchta, Sirdaryoda attigi ikkita sanatoriy-kurort tashkilotlari faoliyat kо‘rsatmoqda. Sanatoriy-kurortlarda davolanish va dam olish tashkilotlari xizmatlariga bо‘lgan talab va taklifning differensiatsiyasi bо‘yicha hududiy birliklarning konsentratsiyasi yuqori darajada ekanligi ma’lum bо‘lmoqda. Ayniqsa, bu Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida yaqqol kо‘rinadi, chunki, ushbu viloyatlarda О‘zbekistondagi jami sanatoriy-kurort tashkilotlarining 57 foizi joylashgan bо‘lib, qolgan tо‘qqizta viloyatga 43 foiz ulush tо‘g‘ri keladi. Dam olish tashkilotlari hududiy birliklar konsentratsiyasining yuqori darajasi Toshkent shahri, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hududlarida respublikamizdagi jami dam olish tashkilotlarining 70 foizi joylashgan bо‘lib, qolgan 30 foiz ulush 10 ta viloyatga tо‘g‘ri kelmoqda.
Hozirgi paytda, О‘zbekistonda tarixiy-madaniy, arxitektura va arxeologik ahamiyatga ega 7 mingdan ortiq turistik obektlar mavjud va ularning aksariyati YUNESKOning Butun-jahon merosi rо‘yxatiga kiritilgan. Dunyodagi sayyohlik va tarixiy obidalarning kо‘pligi bо‘yicha О‘zbekiston yetakchi о‘nta mamlakat qatoriga kiradi. Statistika ma’lumotlariga asosan ulardan 545 tasi arxitektura, 578 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig‘i arxeologik ahamiyatga ega obektlardir. Undan tashqari, Respublikamizda 300 dan ortiq muzeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Shunga qaramasdan, respublikamizda qishloq hududlari iqtisodiyotida turizm xizmatlarining ulushi boshqa sohalarga nisbatan sust rivojlanmoqda. Bunga asosiy sabab, turizm xizmatlari bozorini barqaror rivojlantirishda ayrim muammolarning mavjudligidir. Asosiy sabablardan biri bu qishloq hududlarida turistik resurslarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishning yaxshi yо‘lga qо‘yilmaganligi hisoblanadi. О‘zbekistonda turizmning boshqa turlari bilan birgalikda qishloq turizmining barqaror rivojlanishi borasida tegishli tadbirlar qо‘llanilmoqda. Bu sohaga ham turli manbalardan (davlat mulki, xususiy tadbirkorlar, xorijiy investitsiyalar kabi) katta investitsiyalar jalb qilinmoqda. Albatta ushbu jarayon natijasida nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy samaradorlikka ham erishilmoqda. Qishloq hududlarida ekoturizm resurslari yetarli darajada rivojlangan. О‘zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 ming gektarni va muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 460 ming gektarni tashkil qiladi. Ammo bu yerlar turistik resurs sifatida ekoturizmda yetarli darajada foydalanilmasdan qolib ketmoqda. Buning asosiy sababi, turistlar xavfsizligini ta’minlaydigan, tabiatni asrab-avaylashga xizmat qiladigan, ilmiy jihatdan asoslangan ekoturistik marshrutlarning ishlab chiqilmaganligi va uning turistik firmalarga yetkazilmaganligidir. Bundan tashqari, sayyoramizda inson faoliyati natijasida zarar yetkazilmagan yovvoyi tabiat maskanlari kam qolganligi sababli bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan va mos ravishda ularning narxi juda yuqori. О‘zbekiston hududining ma’lum qismlari tog‘lar, bog‘lar, adirlar bilan birga chо‘l zonasiga tо‘g‘ri keladi ammo bu resurslar ekoturizm obekti sifatida juda oz foydalanilmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda ekologik inqirozga yuz tutgan Orol dengizi ham maxsus ekoturlarni tashkil etishga mos joy sifatida yuzaga chiqadi. Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, О‘zbekistonda juda katta hududni egallagan yangi kо‘l ya’ni Aydar kо‘li paydo bо‘ldi. Ammo, bu kо‘lning ham ekologik-turistik salohiyati hozirgacha ilmiy jihatdan chuqur о‘rganilgan emas va mos ravishda foydalanilmasdan qolib ketmoqda. О‘zbekiston hududida Baday-Tо‘qay, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Surxon, Orol Payg‘ambar, Hisor, Kitob, Zomin va Chotqol qо‘riqxonalari mavjud bо‘lib, bu hududlarda yо‘qolib borayotgan hayvon va о‘simliklar turlari himoya qilinadi (Hoshimov, 2009). Bundan tashqari, О‘zbekistonning faunasi 97 turdagi о‘txо‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 ta baliqlar, flora dunyosi 4100 dan ortiq о‘simlik turlariga ega. О‘sadigan о‘simliklarning 9%i endemik, ya’ni aynan shu hududda parvarish qilinadi. Shu sababli, turizmni barqaror rivojlantirishda noyob hayvonot va о‘simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Kо‘rinib turibdiki, mamlakatimizda agro va ekologik turizmni rivojlantirish masalasi hali ham dolzarb hisoblanadi. О‘zbekistonning qishloq hududlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm xizmatlari bozorini takomillashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish va diversifikatsiyalashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |