Mintaqalar
|
Turistik resurslar va obyektlar
|
Toshkent
|
Ko’kaldosh madrasasi, Kaffol Shoshiy maqbarasi, Hazrati Imom arxitektura majmuasi, Abulqosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Jome’ masjidi, Amir Temur muzeyi va xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Xalqlar do’stligi maydoni, Jasorat monumenti, Xasti Imom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Xadra
maydoni, So’fi Ota maqbarasi
|
Samarqand
|
Afrosiyob arxeologik majmuasi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Shohi Zinda arxitektura majmuasi, Hazrati Hizr masjidi, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi, Ruhobod maqbarasi, Oqsaroy maqbarasi, Go’ri Amir maqbarasi, Namozgoh masjidi, Ishratxona maqbarasi, Hoja Ahror majmuasi, Hoja Abdu Darun qabristoni
|
Buxoro
|
Ark, Bolo-Hovuz majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai-Ayub, Abdulloxon madrasasi, Modari-Xon madrsasi, Masjidi Baland, Gavkushon majmuasi, Zayniddin Hoji xonaqosi, Poyi -Kalon majmuasi, Labi-Hovuz majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi xonaqosi, Ulug’bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bolohovuz masjidi, Sayfiddin Boharziy maqbarasi, Bayonqulixon maqbarasi, Fayzobod xonaqosi, Chorminor madrasasi, Buxoro amirining Sitorai Mohi-xosa yozgi saroyi, Chor-Bakr majmuasi
|
Xorazm
|
Ichan qal’a, Saidboy masjidi va madrasasi, Polvon Darvoza, Olloqulixon madrasasi, Qutlug’murod-inoq madrasasi, Olloqulixon Timi va Karvonsaroyi, Abdulloxon madrasasi, Anushxon masjidi va harami, Toshhovli, Oqmasjid, Juma masjidi va minorasi, Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Kaltaminor, Ko’na Ark, To’ramurod minorasi, Sherniyozxon madrasasi, Bog’landi masjidi, Arabxona madrasasi
|
Qashqadaryo
|
Oqsaroy, Dorus-Saodat majmuasi, Hazrati Imom masjidi, Jahongir maqbarasi, Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi, Ko’k Gumbaz masjidi, Gumbazi Saidon, Shamsiddin Kulol maqbarasi
|
Surxondaryo
|
Qirq-qiz saroyi, Termiz hukmdorlari saroyi, Hakim at Termiziy arxitektura majmuasi, Sulton-Saodat arxitektura majmuasi, Qoratepa ibodatxonasi, Fayoztepa ibodatxonasi
|
Farg’ona
|
Xudoyorxon saroyi, G’ishtlik masjidi, Jome’ masjidi va minorasi, Mulkobod masjidi, Saida Ahmadhoji madrasasi, Chokar masjidi, Xo’ja Magiz maqbarasi, Mullo Qirg’iz madrasasi,Axsikent qadimiy shaharchasi
|
Manba: N.E.Ibodullayev. O’zbekistonning turistik resurslari (ma’ruzalar matni). Samarqand,SamISI,2008- 74b.
1.3.2-jadvalda O‘zbekistonda turistik resurslarga bo‘lgan talab va undan foydalanish tahlili berilgan. Jadvaldan ko‘rish mumkinki, mamlakatimiz turistik resurslariga bo‘lgan talab yuqoridir. Xorijiy sayohtchilarning rekreasiya va ekologik turizm resurslari, madaniy va etnografik turizm resurslari, tarixiy, me’moriy va arxeologik tanishuv resurslari, servis sifatiga talabi yuqori. Mahalliy sayyohlarning esa asosah diniy turizm resurslariga talabi yuqori. Mamlakatimiz madaniy va etnografik turizm resurslari, tarixiy, me’moriy va arxeologik tanishuv resurslari, diniy turizm resurslari bo’yicha boy salohiyatga ega. Ammo turistik resurslardan foydalanish darajasi o’rta darajada yoki ayrimlarida past darajada qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |