3. Innovatsion boshqaruv texnologiyalari
Zamonaviy korxona doimiy ravishda innovatsion va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini amalga oshirishi kerak.
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyat hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarishdan innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va zamonaviy boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy–texnik taraqqiyot va zamonaviy boshqaruvni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ilmiy texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. Shumpeter, E. Rodjers
va boshqalar) bu tushunchani o‘zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi esa zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining asosiy vazifasi bo‘ladi.
Avstriyali olim Y. Shumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi ta’minotidan foydalanish;
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy–texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi , takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashish ko‘rinishida ro‘yobga chiqqan zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining yakuniy natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv g‘oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun
innvoatsion menejerlar bo‘lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy–iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‘lgan to‘siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini belgilashdir.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug‘ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‘yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‘lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo‘lishlari kerak.
Innovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir.
Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi, uning uchun
ham quyidagilar xos: maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash va faoliyatning to‘rtta bosqichi:
1) rejalashtirish;
2) shartlarni belgilash va tashkil etish;
3) ijro etish;
4) rahbarlik.
Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega. Uni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‘linadi. Innovatsion jarayonning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki zamonaviy boshqaruv texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi.
U ancha ko‘proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki zamonaviy boshqaruv texnologiyalari innovatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan natija olishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |