2.7-§ Kompleks tahlil
Korxona faoliyatidagi yo‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda operatsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa, har bir alohida ko‘rsatib o ‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o ‘tkazishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlami bir-birlari bilan uzviy bog‘likda o‘rganish
boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Korxona faoliyatini batafsil va har tomonlama о‘rganish bilan taktika va strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini komplek iqtisodiy
tahlil etishning metodik jihatdan fashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat;
- kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqla
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar yig‘indisini asosliligini har tomonlama tahlil etish;
- kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish bosqichlarini belgilash;
- kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish muddatlarini belgilash;
- tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘limlari bo‘yicha vazifalarai taqsimlanishi;
- tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ulami baholash;
- analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining samarasini jamlash.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va vazifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muammolarini yechishga ya’ni faoliyat natijaviyligi, hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini, aksionerlaming aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim о ‘ ziga xos xususiyatlari:
- tahlil natijalari korxonanig o ‘z maqsadlari va manfaatlariga
xizmat qiladi;
- tahlil o'tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan ishlab chiqarish hisobi ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;
- tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklan-maganligi;
- tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;
- tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
1) ko‘rsatkichlami bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillami o‘rganish;
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish;
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yi-
cha foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan
sinov natijalarini atroflicha o'rganish va ulami umumlashtirish.
Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha
turdagi axborot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi. Iqtisodiy tahlil uchun ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi;
- ta’sis hujjatlari;
- asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular qiymati, xo‘jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o‘zida ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;
- texnik - loyihalarga oid hujjatlar
- investorlar, mol etkazib beruvchilar, haridorlar, qarzdorlar,
emitentlar o ‘rtasida bo‘ladigan munosabatlami ifodalovchi yuridik
xujjatlar;
- buxgalteriya hisobining analitik ma’lumotlari;
- tezkor va statistik hisob ma’lumotlari;
- buxgalteriya hisoboti;
- nazorat organlarining dalolatnomalari, auditor va soliq inspeksiyalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalari, tijorat banklarining dalolatnomasi;
- me’yoriy hujjatlar;
- biznes-reja va h.k.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun quyidagi tashqi manbalardan ham foydalaniladi:
- davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini ifodalovchi siyosiy xarakterdagi manbalar, masalan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilami soliq yukini pasaytirish orqali rag‘batlantirish yoki ayrim turdagi faoliyatlami cheklashlarni keltirish mumkin;
- ayrim turdagi tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar,
kredit stavkalari foizi, chet el valyuta kursini o‘zgarishi, ayrim kompaniya va tijorat banklari reytingi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar, kreditorlarning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- rahbar lovozimdagi yuridik shaxslaming ishbilarmonlik va shaxsiy sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar;
- gazeta, jumal, biija byulletenlari, televidenie va radio,
internet ma’lumotlari va h.k.
Tahlil manbalari gunjhlarga ajratiladi, hisobotlarda aks etgan
ma’lumotlar har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng
ma’lumotlarga analitik ishlovlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |