Kurs ishining maqsadi Iqtisodiy tahlilning tahlilni tahlil qiluvchi subyektlari bo’yicha tasniflashdagi eng muhim tushunchalarini o’rganish.
I bob. IQTISODIY TAHLILNING RIVOJLANISH TARIXI VA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
1.1§ Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil
Bilish - falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi.
Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi.
Birinchi tushuncha mazmunini bevosita obyektiv xatti-harakat,
amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi.
Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya’ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslami bildiradi.
Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi.
Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi.
Zamonaviy fanlaming usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta’kidlash kerakki, bulaming barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxslardir, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlami yuqori darajada analiz-sintez etadigan insonning fikrlash qobiliyatidir.
Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalami
o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, msonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘mini topganidan dalolat beradi.
“Tahlil” so‘zi grekcha “analysis” so‘zining o‘zbek tilidagi tatjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qisimini o‘rganish tushiniladi.
Ma’lumki, tahlil tushinchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llanadi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: kimyoviy, fizik, matematik, statistik, iqtisodiy va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanadigan bo‘lsak, iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:
doimo harakat;
o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik;
sabab-oqibat;
koordinatsiya va subkoordinatsiya;
qarama-qarshilik;
miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi;
inkomi-inkor va boshqalar.
Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea- hodisalami dinamikasini o‘rganadi.
Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi.
Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari o‘rganiladi. Lekin, bu bilan o‘rganilayotgan obyektni to‘la ma’noda tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun, obyektni o‘rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlami xosil qilish kerak. Mazkur masala sintez usuli bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |