Mintaqaviy iqtisodiyot


§ O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilni



Download 57,94 Kb.
bet4/17
Sana14.07.2022
Hajmi57,94 Kb.
#801516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs iwi abrasez

1.3§ O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilni
tashkil topishi va rivojlanishi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.


90-yillaming boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bolgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot-
lami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda.
Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo uning maqsadi va mohiyati rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib,
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha O‘zbekistonlik olimlaming mavqei uzluksiz oshib bordi. Shu fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo'llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
90-yillaming boshlariga kelib tahlil fanining rivojlanish sohasiga yangi-yangi iqtisodchi olimlar kirib kela boshladilar. Bunday iqtisodchi olimlardan A.T.Ibrohimov, B.A.Hasanov, A.Rizaqulov, O.Bobojonov, M.To‘laxo‘jaeva, N.Jo‘raev,O.Jumanov, M.Rahimov, A.Abduganiev, X.Musaevlar «Iqtisodiy tahlibming turli qirralariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi samarqandlik olimlami o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. Bunga rahbarlikni professor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 1989 yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardaev, A.A.Abdiev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi. Ammo maxsus fanlami faqat rus tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxassislar uchun o'zbek tilidagi atamalami tushunish ancha qiyin kechdi. Shu sababli bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida samarqandlik olimlar «Savdoga oid iqtisodiy atamalaming ruscha-o‘zbekcha lug‘ati»ni ishlab chiqdi va 1990-yilda Samarqand kooperativ institutida va 1992-yilda Toshkentda, « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etishga muvaffaq bo‘ldilar
Bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, awalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Tahlilning umumiy masalalari bilan birgalikda uning alohida sohasi bo‘yicha ishlar qilindi. Jumladan, prof. D.Q.Kudbiev savdoda asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili muammolari, prof. X.A.Shodiev esa tayyorlov savdo sohasida intensivlik va samaradorlikni aniqlash hamda tahlil qilish muammolari bo‘yicha ancha ishlar qildilar. Savdo korxonalarida aylanma mablag‘lar tahlili bo‘yicha bir qancha uslubiy tavsiyalar bilan A.Sh.Sattorov, matlubot kooperatsiyasining ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va aylanma mablag'lar tahlili bo‘yicha U.X.Xudoyberdievlar ham samarali ijod qilmoqdalar. Tahlik nazariyasi va usullarini takomillashtirishda Yo.Abdullaevning hissasi sezilarli bo‘ldi.
1981-yilda D.K.Kudbiev «Savdoda asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili» kitobini, 1990-yilda «Kooperativ savdoda asosiy fondlardan foydalanish tahlilining muammolari», 1989-yilda «Kooperativ chakana savdoda asosiy fondlar samaradorligini kompleks baholash va tahlil qilish» kabi monografiya va o‘quv qo‘llanmalari chop etishga muvoffaq bo‘ldi.
1995-1999-yillarda 0 ‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy sohasi bo‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar chop etildi. Bular jumlasiga M.Q.Pardaevning «Nfeliyaviy tahlil metodologiyasi», A.Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (Т.: Mehnat, 1995) I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari» (Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi nashri 1999-yilda), I.O.Voljin va V.V.Ergashboevlaming «Moliyaviy tahlil» (Т.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M. Q.Pardaev vaB.I.Isroilovlaming «Moliyaviy tahlil» (Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999) kabi kitoblami kiritish mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab shakllangan. Biroq, bu fanning ravnaqi, uning kelajagi oldinda. Bizning respublikamizda savdo va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha har holda darsliklar yaratilgan, ancha ishdar qilingan. Ammo xalq xo‘jaliginiing muhim tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat, qurilish, transport, xizmat sohasidagi korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha hali ancha ishlar qilishi lozim. Bu sohalar bo‘yicha hali darsliklar va tegishli adabiyotlar deyarli yaralatilmagan. Bu respublikamizning ravnaqi uchun, uning kelajakdagi taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib berishiga to‘sqinlik qilishi muqarrar, chunki sanoat va boshqa iqtisodiyotning taraqqiyoti o‘zimizga xos bo‘lmog‘i lozim. Bu esa ushbu sohalar bo'yicha o‘zimizga xos iqtisodiy tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi
yo‘nalishlarda rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz:
• raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim;
• hozir respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos rivojlanishi lozim;
• O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgalteriya hisobining jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni taqozo qiladi;
• Bu fanning nazariyasini o‘zimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim;
• O ‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan obyektiv zaruriyatga aylandi. Ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim;
• Olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalarini yaratishlari kerak;
• Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli
ahamiyat berish va davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejalariga
kiritish lozim, deb hisoblaymiz.



Download 57,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish