Mintaqaviy iqtisodiyot



Download 57,94 Kb.
bet11/17
Sana14.07.2022
Hajmi57,94 Kb.
#801516
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
kurs iwi abrasez

2.6-§ Istiqbolli tahlil

Istiqbolli tahlil kelajakni mo‘ljallab o ‘tkaziladigan tahlil hisoblanadi va u korxonaning kelgusi bir-ikki va hokazo uzoq yillarga moijallangan ish faoliyatini qanday tashkil etishni belgilash maqsadida amalga oshiriladi.


Istiqbolli tahlil joriy tahlilning natijalari va ma’lumotlariga
asoslanib korxonani kelgusidagi faoliyatini bashoratlash va mo’ljallash vazifasini bajarishga qaratilgan.
Istiqbolli iqtisodiy tahlil hamda uning o‘ziga xos jihatlari:
1 . Maqsadga qarab - Xo‘jalik subyektlar rahbariyatini istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar bilan ta’minlash
2. Ко ‘rsatkichlar tizimiga qarab - Asosan moliyaviy ко‘rsatkichlar (foyda, tannarx, pul mablag‘lari harakati ko'rsatkichlari kabilar)
3. Axborot manbalariga qarab - Xo‘jalik subyektlaming bir necha yillik
moliyaviy hisoboti shakliari va boshqa iqtisodiy axborotlari, shuningdek, taxminga asoslangan axborotlar
4. О ‘tkazish usullariga
qarab - Joriy tahlil usullari hamda korrelyatsion-
regression, statistik va taxminlash kabilar
5. Muddatiga qarab - 3-5 va undan ko‘p yillik ma’lumotlar asosida
6. Foydalanuvchilar doirasiga qarab - Asosaiy xo‘jalik subyektlar rahbarlari uchun
7. Avtomatlashtirish darajasiga qarab - Aniq avtomatlashtirishni talab qiladi. Bunda maxsus, murakkab kompyuter dasturlaridan foydalaniladi
Mazkur tahlilning muhim xususiyati shundaki, u o‘tgan davr
iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida ularga
kelgusida ta’sir etuvchi omillami aniqlash imkonini beradi. Bunda
istiqbolli tahlilni tashkil etishda joriy tahlil va istiqbolli taxminlash
elementlaridan samarali foydalanish lozim.
Taxminlash istiqbolli iqtisodiy tahlil o‘tkazishning muhim bosqichi hisoblanib, u kelgusi tahlil, boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili, iqtisodiy rivojlanishning muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri istiqbolga mo‘ljallangan investitsiya qarorlarini qabul qilishdagi xatoliklami bartaraf etishdan iborat. Shuningdek, mazkur tahlil quyidagilami baholash imkonini beradi:
- xo‘jalik subyektlaming mulkiy holati;
- tadbirkorlik riski darajasi;
- uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlami bajarish imkoniyati;
- joriy va uzoq muddatli investitsiyalar uchun kapital yetarliligi;
- qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ehtiyoj;
- kapitalni ko‘paytirish imkoniyati;
- qarz mablag‘larining oqilona tarzda jalb etilishi tahlili;
- foydani taqsimlash va ishlatilishining asoslanganligi;
- investitsiyalami yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi.
Keng ma’noda istiqbolli iqtisodiy tahlildan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
- qisqa muddatli va uzoq muddatli mvestitsiya qarorlarini maqsadga muvofiqligini asoslashda;
- investitsiya faoliyatini boshqarish sifatini baholashda;
- kelgusi natijalami taxminlash usuli sifatida.
Istiqbolli iqtisodiy tahlil natijalari oqilona strategik boshqaruv
qarorlari qabul qilishda muhim ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi istiqbolli rejalarga
asosiangan holda ulaming bajarilish imkoniyatlarini baholash hisoblanadi. Ushbu tahlil turi istalgan faoliyat sohasining muhim iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarini komplek qamrab oladi, chunki, bir tomonlama istiqbolli tahlil xo‘jalik subyektlaming iqtisodiy samaradorlikka erishishidagi mavjud muammolami to‘liq ifodalash imkonini bermaydi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilni boshqa tahlil turlaridan asosiy farqi
uni tashkil etishda xo‘jalik subyektlaming bir necha yillik ma’lumotlaridan foydalanishdir. Bu esa hisob-kitob jarayonini murakkablashtiradi. Shu sababli, uni tashkil etishda iqtisodiy-moliyaviy jarayonlarni modellashtirish usullaridan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilda xo‘jalik subyektlar faoliyatining uzluksizligi va iqtisodiy yashovchanligini tavsiflovchi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
- xo‘jalik subyektlarlaming ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatidchlari;
-joriy to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;
- uzoq muddatli to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari.
Ushbu ко‘rsatkichlarning pasayishi xo'jalik subyektlaming moliyaviy jihatdan barqaror emasligidan dalolat beradi.
Xo‘jalik subyektlaming ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlarini pasayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- mahsulotlar sotishdan olinadigan tushumning kamayishi;
- sotish sur’atlari o‘sishining hisobot davri bo‘yicha beqarorligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish
zaxiralarining kamayishi;
- iste’mol qilinadigan resurslar miqdorini ishlab chiqari-
layotgan mahsulotlarga nisbatan oshib ketishi;
- aylanma aktivlaming ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida
bo ‘ lish muddatining oshishi;
- ishlab chikarish sikli va tayyor mahsulotni omborda saqlash
muddatining cho‘zilishi;
- pul mablag‘larining harakatsiz qolish muddatini uzayishi;
daromad keltirmaydigan aktivlar qiymatining asossiz ravishda ortishi;
- ishlab chiqarishdagi va muomaladagi aylanma aktivlar
nisbatidagi mutanosiblik.
Xo‘jalik subyektlaming o‘z majburiyatlarini kelgusida bajara
olmasligi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
- s o f aktivlar va ustav kapitalining nokulay nisbati;
-uzoq muddat mobaynida zarar bilan ishlash holatining
yuzaga kelishi;
-kapital zaxiralarining kamayishi;
-hisobot davri oxirida xo‘jalik subyektlar kapitali narxining yil boshidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oshib ketishi;
-aktivlar rentabelligi va xo‘jalik subyektlar kapitali bahosining nomaqbul nisbati;
-fo iz xarajatlarini qoplash koeffisient qiymatining kamayishi
(maijinal foydaning to‘lov bo‘yicha foizlar summasiga nisbati);
- xarajatlar rentabelligining sezilarli darajada kamayishi (soliqlar va foizlami hisoblab ajratishgacha bo‘lgan foydaning xo‘jalik subyektlar xarajatlariga nisbati) ko‘rsatkichlari.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik subyektlar iqtisodiy yashov-chanligi ko‘rsatkichlari guruhlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, faoliyat ko‘lahiining qisqarishi joriy va uzoq muddatli tashqi majburiyatlami bajarishda moliyaviy qiyinchiliklami yuzaga kelishi, ishbilarmonlik faolligining susayishi iqtisodiy subyektning bankrotlik holatiga tushishiga olib keladi.
Demak, istiqbolli tahlil yordamida korxonaning kelgusidagi
iqtisodiy - ijtimoiy natijalarining strategiyasini belgilab olish,boshqaruvni yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-ijtimoiy natijalarini fan -texnika taraqqiyoti bilan bog‘lagan holda kelgusida milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ko‘rsatib berishi mumkin bo‘ladi.
Istiqbolli tahlil korxonalar faoliyatini awaldan ko‘ra bilish
yoki prognozlashtirish deb ham qaraladi.

Download 57,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish