Mintaqaviy iqtisodiyot


II BOB Iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari



Download 57,94 Kb.
bet5/17
Sana14.07.2022
Hajmi57,94 Kb.
#801516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs iwi abrasez

II BOB Iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari


2.1-§ Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish.

Jahonda 2008 yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning boshlanishiga sabab bo'lgan voqeliklar birma-bir topilib, ulaming shakli hamda mazmun aniqlanib salbiy hodisaga ko‘rsatgan ta’sirlari o‘rganilmoqda .Agar moliyaviy iqtisodiy inqirozni keltirib chiqargan sabablarga e ’tibor qilsak ulami shartli ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. Ya’ni,


makroiqtisodiy hamda mikroiqtisodiy darajadagi sabablar. Bular to‘g‘risida ommaviy, ilmiy matbuotlarda ko‘p yozilmoqda.
Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab xo‘jalik subyektlari
tomonidan biznes rejalami ilmiy asosda tuzilmaganligi, moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarini iqtisodiy assosiz oshirib ko‘rsatilishi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalaming qiymati uning haqiqatdagi aktivlariga muvofiq kelmasligi, mazkur holatlarga auditorlik firmalarini jiddiy munosabatlari bildirilmagani, hamkorlar salohiyatini yetarlicha o ‘rganmay ular bilan iqtisodiy
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilami ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Bunday voqeliklami ommaviy tarzda sodir bo‘la boshlagani iqtisodiy subyektlardagi xo‘jalik mexanizmida shu bilan birga uning muhim elementi bo‘lgan hisob tizimida ham bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, bu kamchiliklar xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda, xo‘jalik subyektlari har bir iqtisodiy voqelikni ilmiy asosda chuqur tahlil qilib boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilganlarida edi, jahon miqiyosida inqiroz tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, bankrot bo‘lgan korxonalar soni bu darajada ko‘p bo‘lmas edi.
Chunki, xo‘jalik subyekti faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uning har tomonlama bilish, resurslami samarali boshqarish, investitsiyalar jalb qilish, boshqa korxonalar bilan iqtisodiy munosabatlar o'matish qilish borasida va uni rivojlantirishda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi hamda bu jarayon hozirda ham davom ettirilmoqda. Mazkur ijobiy ishlar, ko‘plab turdagi shu kabi tadbirlar bilan birgalikda respublikamiz iqtisodiga, jumladan xo‘jalik subyektlari faoliyatiga global (inqirozning salbiy ta’sirlarini yumshatish va uni talofatlarsiz yengib jo'tishga qaratilgan omillar bo‘lib hisoblandi. Hatto, jahonda inqirozning davom etishiga qaramasdan 2008-2011-yillar bo‘yicha respublikamizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lishiga erishildi. hamda turli maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahonda ro‘y bergan inqirozga qaramasdan respublikamiz hisob tizimida, xususanda xo‘jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy tahlil.
Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy o ‘zgarishlar, respublikamizda esa iqtisodiy islohotlar ko‘lamini, ham kengayib, ham chuqurlashib borishi, shuningdek, inqirozning milliy iqtisodiyotlafga ko‘rsatayotgan ta’sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini yanada obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini talab qilmoqda. Bu esa, iqtisodiy tahlil borasidagi ishlami davr ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga chiqarmoqda. Aynan shu paytni o'zida raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirishga erishish mazkur masalani dolzarbligi va uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish innavatsion yangiliklar va uni zudlik bilan amalda qo‘llash asosida bo‘ladi. Natijada mavjud bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanilib, turli hildagi yangi, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar diversifikatsiyasi tufayli bozordagi turli xil ehtiyojlami qondirishga harakat qilinadi. Shu asosda, maqbul foyda hajmiga erishish,
moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish kkabi
ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi hamda korxonalaming raqobatdoshligi ta’minlanadi. Qayd etib o‘tilgan masadga erishish hamda vazifalami muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘jalik mexanizimini bo‘g‘ini bo‘lgan iqtisodiy tahlil muhim vosita bo‘lib ishtirok etadi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma’lumotlarini o'rganib, ulami qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq, iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va
faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun, u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki, har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalami
beradi. Turli yodashuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlami, aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilning turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o ‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun etarli ma’lumotlami etkazib bera oladi. Iqtisodiy
tahlilning turlarga ajratish zaruratining zamirida boshqaruv fiinksiyalari va ulaming murakkabligi yotadi.
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga, xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Vaholanki, ular mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Iqtisodiy tahlilning turi, deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ulaming ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ulaming bir-biridan ma’lum belgilari, shakli, va mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qat’iy nazar, ularda bir-biriga juda yaqin va o ‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qoilanilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq.
Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u global, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bulaming hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullaming majmuasidan
kelib ehiqiladi. Maslan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQTda qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda c|o‘llanilmasligi mumkin va hokazo.
Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Bu masala
turli darslik va adabiyotlarda turhcha yoritilgan. Ko‘p adabiyotlarda 2-3 ta, ba’zilarida 6-7 ta, ba’zilarida 8 ta belgi bo‘yicha tasniflanadi.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda
quyidagi belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq, degan
xulosaga kelinadi.
Omilli tahlilda xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillaming natijasini aniqlash usullari o‘rganiladi. Bu juda ko‘p tahlilda omilli tahlil usullari asosiy bo'lmasdan, balki xulosani chuqurlashtirish uchun foydalaniladi.
Shu ikki tahlil shaklidan farqli o ‘laroq fuksional-qiymat tahlili (FQT) ham mavjud. FQT da ikki tahlilda ham qo‘llanilmaydigan, qo‘llanilsa ham kam qo‘Uaniladigan usullardan foydalaniladi. Boshqa tahlillar asosan ma’lum ko‘rsatkichlar, aniq raqamlarga asoslansa, FQT da ko‘p hollarda mantiqiy evristik tahlil usullaridan foydalaniladi.
Xuddi shunday holatni boshqa tahlil shakllari bo‘yicha ham keltirish mumkin. Demak, iqtisodiy tahlilning turlarida ma’lum darajada metodologik mushtaraklik bo‘lsa, shakillarida o ‘ziga xoslik ustuvordir.

Download 57,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish