1.2§ Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi.
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fatii ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jum alida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan - «Balansshunoslik» fani paydo boigan.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o'ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha bir qancha evolyutsion yo‘llni bosib o‘tdi. Mazkur evolyutsion yo‘l orqali tahlil fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining
evolyutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining asosan balans ma’lumotlarini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois sobiq ittifoq davrida tahlil fani “Balansshunoslik” deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchhi fan deb qaralgan.
30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba’zi mavzularga bag‘ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Tahlil tushunchasi shu tariqa yildan –yilga asosiy fan sifatida qarala boshladi .
Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yoHlidan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi
ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga
o‘tish ko‘zda tutilmoqda.