Chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish sohasida:
aholini qattiq maishiy chiqindilami to'plash va olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olish;
hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilami qayta ishlash hajmini oshirish;
tibbiy chiqindilami yig'ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko'mish tizimini tashkil etish.
Konsepsiyaga muvofiq 2030 yilga qadar kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: -Orol dengizi qurigan tubiningO'zbekistondagi qismidao'rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60%gacha yetkazish;
qishloq xo'jaligida suv resurslarini yo'qotishni 10%ga kamaytirish;
qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15%ga kamaytirish;
oqova suvlarini tozalash samaradorligini 80%gacha oshirish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10%ga kamaytirish;
transport vositalarining 80%izini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o'tkazish;
o'rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 4,5 min gektargacha kengaytirish;
IV toifadagi qo'riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12%gacha kengaytirish;
Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlami tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish;
aholini qattiq maishiy chiqindilami to'plash va olib ketish xizmatlari bilan 100% qamrab olish;
hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilami qayta ishlash hajmini 65%gacha ko‘paytirish;
alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ni qayta ishlash hajmini 30%gacha ko‘paytirish kutilmoqda.
Nazorat savollari
Global ekologik muammolar globallashtiv jarayonining chuqurlashuvi natijasimi yoki ushbu jarayondan tashqarida vujudga keladimi? Fikrlaringizni asoslang.
Nima uchun ekologik muammolar global muammolar tarikida birinchi navbatda hal etiladigan dolzarb vazifa sanaladi? Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlaridan foydalanib ekologik muammolami hal etish yo‘lida global miqyosda yoki muayyan mamlakatda amalga oshirilgan biron-bir aniq misollar keltiring.
Fikringizcha, dunyoning qaysi mintaqasi global ekologik muammolar nuqtai nazaridan nisbatan barqaror hisoblanadi? Javobingizni faktlar va dalillar orqali tasdiqlang.
Ekologik siyosatning qanday turlarini bilasiz?
Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi qanday dastaklarga asoslanishi zarur?
O'zbekistondagi ekologik muammolar qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan va ulami hal etishning qanday yo‘llari mavjud?