partbins– maxsus talab qilinmaganda shu sxemada qo‘llanilgan komponentlar kutubxonasining tarkibi ifodalanmaydi;
Keeppartsbinpositions– qo‘llanilayotgan komponentlar kutubxonasining holatini sxema yig‘ilayotganida ekranda saqlab qolish; odatda komponentlarning yangi kutubxonasini tanlash avvalgi kutubxonaning yo‘qolishiga olib keladi; ekranda bir nechta kutubxonalarni bir vaqtning o‘zida saqlab turish uchun ularni ekran bo‘yicha har xil joylarga o‘rnatish kerak, bu vaqtda yangi kutubxona tanlanganda avvlgilarining holatlari o‘zgarmay qolaveradi.
Fontsoynachasini tanlanganda (10- rasm) komponentni belgilash uchun (Set label font tugmachasi) va uning parametri qiymati (Set value font tugmachasi) uchun shriftning tipi (Font name) va o‘lchami (Font size) alohida- alohida tanlanishi mumkin.
Wiring oynachasi 11- rasmda keltirilgan va u sxemada simlarni o‘tkazish rejimini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
(a)
(b)
10- rasm. Fonts oynachasi (a) va shrift tanlash oynachasi (b)
rasm. Wiring oynachasi simlarni o‘tkazish rejimini aniqlash uchun qo‘llaniladi
Wiring oynachasida:
manual-routewires– simlarni qo‘lda o‘tkazish ( simlarni o‘z xohishimizga ko‘ra ixtiyoriy traektoriya bo‘yicha o‘tkazishimiz mumkin);
auto-routewires– simlarni avtomatik ravishda o‘tkazish ( boshlang‘ich nuqta va chiziq tanlab olinadi va kursorni kerakli nuqtaga yurgiziladi);
dragtoconnect– ikkita sim o‘tkazilayotganda ular kesishgan nuqtada avtomatik ravishda aloqa borlik tuguni paydo bo‘lishi;
Rewiringoptions– simlarni yo‘qotish haqidagi buyruqlar;
Auto-deleteconnectors– ishlatilmayotgan ulanishlarni avtomatik tarzda yo‘qotish, masalan, bir-birini takrorlayotgan ulanishlarni;
Printingoynachasi sxemaning tasvirini printerga chiqarishda masshtabni tanlaydi (12- rasm), shu erning o‘zida chiqarilayotgan sxemani sahifalarga bo‘lish va sxemaning tavsifi keltirilishi mumkin.
SchematicOptionoptsiyasiCircuitmenyusida satr bilan takrorlangan.
Sxema har bir komponentining parametrlari va shakllarini berish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi.
Agar element tasviri ustida SChT bosilsa, ekranda menyu paydo bo‘ladi (13- rasm), bu menyu yordamida bir qator amallar bajarish mumkin:
rasm. Belgilangan sxema komponenti bilan ishlash menyusi
– Cut– sxemaning istalgan qismini qirqib olib, uni almashish buferida saqlash. Bitta komponentni belgilash komponent tasvirida SChT bosish bilan bajariladi. Sxemaning bir qismini yoki bir nechta komponentlarni belgilash uchun sichqoncha kursorini belgilangan qismni qamrab oluvchi hayoliy to‘rtburchakning chap burchagiga olib borib, SChT bosiladi va tugmacha qo‘yib
yuborilmay, kursorni shu to‘rtburchak pastki o‘ng tomoniga keltiriladi ( bu to‘rtburchakning konturlari kursor harakatlanishi bilan ko‘rinib turadi) va tugmacha qo'yib yuboriladi. Belgilangan komponentlar qizil rangga kirib qoladi.
Copy– sxema belgilangan qismini almashish buferiga nusxlash;
Delete– sxemaning belgilangan qismini yoki elementning o‘zini yo‘qotmoq;
–Rotate– belgilangan komponentni aylantirish; bu vaqtda ko‘pchilik komponentlar buyruq bajarilganda 90oga soat strelkasiga qarshi tomonga buriladi, o‘lchov asboblarida esa ( ampermetr, voltmetr va boshqalar) ulanish klemmalari o‘z o‘rnini almashtiradi;