Sources guruhi–signallar manbalari;
Basic guruhi – passiv komponentlar va kommutatsion qurilmalar;
Diodes guruhi – diodlar;
Transistors guruhi – tranzistorlar;
Analog ISs guruhi – analog mikrosxemalar;
Mixed Ics guruhi – aralash turdagi mikrosxemalar;
Digital Ics guruhi –raqamli mikrosxemalar;
Logic Gates guruhi – mantiqiy raqamli mikrosxemalar;
Digital guruhi – raqamli mikrosxemalar;
Indicators guruhi – indikator qurilmalar;
Controls guruhi – analog hisoblash qurilmalari;
Miscellaneous guruhi – aralash turdagi komponentlar ;
Instruments guruhi – nazorat- o‘lchov apparaturalari.
Misol tariqasida 1- rasmda keltirilgan sxemani tuzish bosqichlarini ko'rib chiqamiz ( keyinchalik sxema tuzish bosqichlari kursiv bilan keltirilgan):
Buning uchun kerakli komponentlar guruhlari menyularini ochamiz, ya'ni: Sources - signallar manbalari ( 1- tugma), Basic guruhi – passiv komponentlar va kommutatsion qurilmalar ( 2- tugma), Diods guruhi- diodlar ( 3- tugma), Indicators guruhi- indikator qurilmalar (10- tugma). Sxema yasashga kerakli komponent menyudan SChT bosib turilgan holda sichqonchani harakatlantirilib IOga tushiriladi va SChT qo'yib yuboriladi. Kerakli komponent maydonga tushib qoladi. Kerakli komponentlar terib bo‘linganidan keyin menyuni yopib qo‘ysa ham bo‘ladi. (5a- rasm).
5a- rasm. Sxema yaratishning birinchi bosqichi
Komponentlarni IOga tushirishni EWB dasturida dinamik menyu bilan ham amalga oshirsa bo‘ladi. Buning uchun erkin maydonda SChT ni bosish kerak. Ekranda 6- rasmda keltirilgan menyu paydo bo‘ladi.
6- rasm. Dinamik menyu Bu menyuda quyidagi opsiyalar mavjuddir:
Paste – almashinish buferidagi ma'lumotni IO ga qo‘yish;
Zoom In, Zoom Out – tasvirni kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Bu opsiyalar Circuit menyusida asboblar oynasining yuqori qatoridagi quyidagi
tugmachalar bilan dubllashtirilgan;
– Add [komponentning nomi] – IO ga ko‘rsatilgan komponentlarni qo‘shimcha qo‘yish. Bunday buyruqlar menyu jadvalida IOda joylashtirilgan komponentlar soni bilan aniqlanadi. Masalan, Add Capacitor buyrug‘i berilganda IOda mavjud kondensator nusxasi paydo bo‘ladi.
Schematic Option opsiyasini tanlash IO da Schematic Option oynasini paydo qiladi (7-rasm): shu oyna yordamida to‘liq sxemani rasmiylashtirish elementlari tanlanadi. Schematic Option oynasining Grid oynachasida:
Show grid – sxemani chizishni osonlashtiruvchi to‘r ko‘rsatiladi ( maxsus talab qilinmaganda bu opsiya o‘chirilgan, qolgan opsiyalar yoqilgan bo‘ladi); bu opsiya Use grid – to‘r ishlatilsin- opsiyasi yoqilgan holdagina aktiv holatda bo‘ladi.
7- rasm. Menyuning Schematic Option oynasi (sxemalarni rasmiylashtirish elementlarini berish)
Show/Hide oynachasida (8- rasm):
8- rasm. Schematic Option menyusi Show/Hide oynachasi
Show labels – komponentlarning pozitsion belgilanishi ko‘rsatiladi, masalan, kondensatorlar uchun S1, S2;
Show models – komponentlar modellari nomlari ko‘rsatiladi, masalan, tranzistorlar tipi ( 1N4009 va h.k.).
Show values –komponentlar nominali ko‘rsatiladi, masalan, rezistorlar kattaliklari;
Show nodes – sxemaning tugun nuqtalari raqamlari ko‘rsatiladi, 9- rasmda ko‘rsatilganidek (Analysis menyusi buyruqlari qo‘llanilganda);
Show Reference ID – komponentning pozitsion belgilanishini ko‘rsatadi (Analysis menyusi buyruqlari qo‘llanilganda);
rasm. 2- va 3- tugunlar nuqtalari keltirilgan tamoyilli sxemaning lavhasi
Autohide
Do'stlaringiz bilan baham: |