Kichik dasturlar. Har qanday dastur VI virtual asbob boshqa dasturning blok sxemasida foydalanilishi mumkin, xuddi uning tarkibiy qismi kabi. Boshqachasiga aytganda u subVI kabi kichik dastur sifatida joylashtirilishi mumkin. Bu xususiyat asosiy bosh dasturni modulli bo‘lib, oson o‘qiydigan va tushunish uchun soddaroq qiladi.
Avval ishlab chiqilgan VI (Sub VI) larni yuqoriroq darajada bo‘lgan dasturga qo‘yish uchun «Funcsion» palitrasida «Select a VI…» opsiyasidan foydalanish kerak (156- rasm) , dialog darchasining so‘roviga javob sifatida kichik dastur faylini tanlash va uni asosiy dasturning diagrammasiga o‘rnatish kerak (156- rasm).
rasm. Select a VI elementi orqali kichik dasturning ishlashi Bosh dastur kichik dasturlarni ko‘plab chaqiriqlariga ega bo‘lishi mumkin.
Bosh dasturning diagrammasida kichik dasturlar jim turish bo‘yicha berilgan belgili kub ko’rinishida paydo bo‘ladi.
Ikki marta shiqillatish yordamida bu kichik dasturni ochish mumkin, kerak bo‘lgan holatda esa ba’zi sozlashlarni o‘tgazish mumkin.
Yuqorida VA mantiqiy elementning ishini modellovchi dastur yaratilgan edi. Bu dasturdan to‘liq funksiyali kichik dasturni yaratamiz.
Bizning kuchik dasturimizning struktur sxemalari va old panelini tashqi ko‘rinishi 157-rasmda ko‘rsatilgan.
asm. Kichik dasturni tanlashni dialog darchasi
Kichik dasturni kubini oddiy ulanishi bosh dasturga hech narsa bermaydi, nimanidir uzatib, nimanidir qayta olish imkoniyati yo‘q. Kichik dastur asosiy dasturdan ma’lumotlarni olib, uni orqaga asosiy dasturga qaytarish uchun ma’lum harakatlarni qilish kerak bo‘ladi.
Avvaliga bizning kichik dasturimizning old paneli ochiladi va kursorini o‘ng yuqori burchakga joylashtiramiz, ikonkaga konteksli menyuni chaqiramiz (158- rasm).
Bu menyuda «Edit Icon» punktini tanlab, yaratilayotgan kichik dasturimizning ikonkasini taashqi ko’rinishini tahrirlash mumkin (159- rasm).
rasm. Kichik dastur ikonkasiga tahrir rejimini tanlash
rasm. Ikonkaning tasvirini tahrirchisi
Bundan keyin yana kontekst menyusi chaqiriladi (158- rasm) va punkti tanlanadi. Kichik dasturning parametrlariga bu punkt orqali kirish ochiladi – konnektorlarga yoki ulovchilarga, kichik dasturni tashqi olam bilan o‘zaro ta’sir elementlariga. Chaqirilayotgan dasturdan ma’lumotlarni konnektor qabul qiladi va uzatadi. Shu punkt tanlagandan keyin darhol bizning dasturimizning ikonkasining ko’rinishi o’zgaradi (160- rasm), kursor esa bog‘lovchi kontakt ko‘rinishini oladi.
rasm. Dasturni Show Connector rejimidagi ikonkasi
LabVIEW konnektorlar paydo bo‘lishi chorasini ko‘radi – kvadratchalar va to‘g‘ri burchaklar – asbobning old panelidagi boshqarish elemementlari va indikatorlar soniga ko‘ra bo‘ladi. Endi old paneldagi boshqarish yoki indikatsiya elementlari va konnektorlar orasidagi mos kelishni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Buning uchun old paneldagi kursor yordamida g’altak elementni ko‘rsatish kerak bo‘ladi va konnektor – kvadratcha bo‘yicha shaqillatiladi, ular unga qotirilgan bo‘ladi. Ulanishni belgisi bo‘lib bu kvadratlardagi rangni o‘zgarishi bo‘ladi, ushbu misolda chapdagi kvadratlar – A va B mantiqiy signallar o‘ng tomondagi to‘g‘ri burchak – mantiqiy ko‘paytirish natijasi Q bo‘ladi.
Endi kichik dasturlar ularni bosh dasturga o‘rnatganimizdan keyin kirish va chiqishdagi o‘zgaruvchilarni ko’rish imkoniyatini beradi (161-rasm).
rasm. Dasturni chaqiruvchi kichik dastur elementi
Kichik dasturlarning soni juda katta bo‘lganda ularni kutbxonaga kengaytirilgan “LLB” fayllarda birlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Buni dasturni saqlash bosqichida qilish mumkin. Saqlash dialogida «New VI Library» tugmasini tanlashimiz kerak, tugma bosilganidan keyin yangi kutbxona nomi ko‘rsatiladi, undan keyin esa ushbu fayl yaratilgan kutbxonada saqlanadi.
Kutbxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun LabVIEW «LabVIEW VI library manager»
menyu punktidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |