2.4. Komponentlar sharhi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish vositalari 36—rasmda keltirilgan.
51
36—rasm. Ma’lumotlar bazasini boshqarish vositalari.
Multisimda uchta darajadagi ma’lumotlar bazasi bor:
-
Ma’lumotlarni bosh bazasidan ( Master Database ) faqat axborotni
hisoblash mumkin, unda barcha komponentlar joylashgan;
-
Foydalanuvchi kompyuterini kundalik foydalaniladigan ma’lumotlar
bazasiga (User Database) mos keladi. U komponentlarni saqlashga
mo’ljallangan va bu komponentlarni umumiy kirishda ko’rsatib
bo’lmaydi;
-
Ma’lumotlarni korporativ bazasi (Corporate Database) bu tarmoqdagi
boshqa foydalanuvchilar uchun ham kirish mumkin bo’lgan
komponentlar uchun mo’ljallangan.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish vositalari komponentalarni ko’chirish,
ikkita bazani bittaga birlashtirish, va ularni tahlil qilish imkonini beradi. Barcha
ma’lumotlar bazalari guruhlarga bo’linadi, ular o’z navbatida esa oilalarga.
Qachonki foydalanuvchi komponentni tanlab uni sxemaga joylashtirsa, yangi
nusxa yaratiladi undagi barcha o’zgarishlar ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan
axborotlarga ta’sir qilmaydi.
Master Database ma’lumotlar bazasi o’n ikkita guruhga bo’lingan:
1)
Sources. Barcha kuchlanish va tok manbalari va yerga ulanishdan
iborat. Masalan, power sources (o’zgarmas, o’zgaruvchan kuchlanish
52
manbalari yerga ulanish, simsiz ulanishlar – VCC, VDD, VSS, VEE),
signal voltage sources (to’g’ri burchakli impulslar manbalari ma’lum
vaqt oralig’i orqali signal manbalari), signal current sourses
(o’zgarmas, o’zgaruvchan tok manbalari to’g’ri burchakli impuls
manbalari).
2)
Basic. Sxematexnikani asosiy elementlaridan iborat: rezistorlar,
induktiv elementlar, sig’im elementlari, kalitlar, transformatorlar,
relelar, konnektorlar va boshqalar.
3)
Diodes. Diodlarni turli turlaridan iborat: fotodiodlar, shotki diodlari,
yorug’lik diodlari va boshqalar.
4)
Transistors. Tranzistorlarni turli turlaridan iborat: pnp-, npn-
tranzistorlar, biqutbiy tranzistrlar, MOP – tranzistrlar, KMOP –
tranzistrlar va boshqalar.
5)
Analog. Kuchaytirgichlarni barcha turidan iborat: amaliy, differensial,
invertrlovchi va boshqalar.
6)
TTL. Tranzistor – tranzistor mantiqli elementlardan iborat.
7)
CMOS. KMOP – mantiqli elementlardan iborat.
8)
MCU Module - ko’p punktli aloqani boshqaruvchi moduli (inglizcha.
Multipoint control unit so’zidan olingan).
9)
Advanced_Peripheral. Ulanadigan tashqi qurilmalardan iborat.
(display, terminal, klavishlar maydoni).
10)
Misc.Digital. Turli raqamli qurilmalardan iborat.
11)
Mixed. Kombinirlangan komponentlardan iborat.
12)
Indicators. O’lchov asboblaridan (voltmetrlar, ampermetrlar)
lampalar va boshqalar.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |