Министерство высшего и среднего специального образования СНГ



Download 7,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/182
Sana22.01.2022
Hajmi7,36 Mb.
#401071
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182
Bog'liq
fayl 1569 20210824

  
2.2. Qaynoq klavishlar
 
Ctrl+N 
Yangi fayl yaratish  
Ctrl+O 
Faylni ochish  
Ctrl+S 
Kundalik faylni saqlash  
Ctrl+P 
Grafiklarni yozish/kundalik fayl  
Ctrl+Z 
Harakatlarni yoqotish 
Ctrl+X 
Qirqip tashlash 
Ctrl+C 
Nusxa ko’chirish  
Ctrl+V 
Joyga qo’yish 
Ctrl+D 
Circuit Description Box ochadi 
Ctrl+F  
Qidirish  
Delete  
Ajratilgan guruhni yoqotish 
Ctrl+W 
Qurilmani tanlash 
Ctrl+J 
Qismni qo’yish 
Ctrl+Q 
Simni qo’shish 
Ctrl+I 
Konnektorni qo’yish 
Ctrl+B 
Kichik sxemani qo’yish 


48 
 
  
Ctrl+T 
Tekstni qo’yish 
F5 
Sxemani ishga tushirish  
F6 
Pauza  
Alt+Y 
Vertikal bo’ylab oynada aks etish 
Alt+X 
Gorizantal bo’ylab oynada aks etish 
Ctrl+R 
90 gradus o’nga burilish 
Ctrl+Shift+R 
90 gradus chapga burilish 
Kursor 
klavishlari 
Ajratilgan qurilmalarni chapga, o’nga, yuqoriga , pastga 
ko’chiradi 
 
 
2.3.Multisim muhiti 
Multisim
 belgisi bosilgandan keyin dasturning bosh oynasi namoyish bo‘ladi. 
Uning yuqori qismida buyruqlar menyusi oynasi mavjud (35- rasm). 
 
35- rasm. Multisim dasturning bosh oynasi 
          Menyudan  File  tugmasi  bosilsa,  dastur  ichidagi  fayllar  papkalari 
ko‘rinadi. Ishni tipik radioelektronik sxemalardan boshlash mumkin. Masalan, 
fayllar 
.msi
  shaklda  bo‘lib,  turli  xil  qurilmalar  sxemalarini  ko‘rsatadi. 
Sxemalar  ishchi  oynasi  dastur  oynasining  markaziy  asosiy  qismini  tashkil 


49 
 
  
etadi.  Shu  oynada  radioelementlar  va  ulanish  simlari  yordamida  turli  elektr 
sxemalari  yaratiladi  va  tahrirlanadi.  Sxemalarga  turli  xil  o‘lchov  asboblarini 
ulash imkoni bor. Buning uchun menyuning oynasi o‘ng tarafida 
Instruments
 
ikonkasi  tarkibida  kerakli  o‘lchov  asbobini  tanlab  olish  mumkin.  Ikonkalar 
turli xil aktiv va passiv radioelementlar, o‘lchov asboblari, indikatorlarni ham 
tanlash imkonini beradi. Elementni tanlab olish quyidagicha amalga oshiriladi : 
ikonkani  ikki  marta  ketma-ket  bosilsa,  shu  ikonka  lineykasi  paydo  bo‘ladi. 
Keyin elementni tanlab, OK tugmasi bosilsa, element tajriba oynasiga tushadi. 
Shu  elementning  ustida  sichqoncha  ko‘rsatgichi  o‘rnatilib,  bir  marta  bosilsa, 
element  qizarib  qoladi  yoki  shtrix  bilan  belgilanadi.  Endi  shu  elementning 
parametrlari,  kattaliklari  tugmachani  ikki  marta  bosib,  element  menyusi 
chiqarilgandan keyin tanlanadi. Bu menyuda har bir element uchun uning tipi, 
o‘lchov  birliklari  va  boshqa  parametrlari  tanlanadi.  Lebel  ikonkasida 
elementning sxemadagi belgilanish tartib raqami,  element nomi tanlab olinadi. 
Oynaning elementlar lineykasida sxema hisobining aktivlashtirish va to‘xtatish  
(Activate/Stop),  hamda  vaqtinchalik  to‘xtatish  (  pauza-  Resume)  belgisi 
mavjud.  Shu  narsani  e'tiborga  olish  kerakki,  sxemani  uzoq  vaqt 
aktivlashtirilgan  holatda  ushlab  turish  kerak  emas,  chunki  uzoq  vaqt  ichida 
ma'lumotlarning  ko‘p  marta  tekshirilishi  natijasida  hisoblarda  katta  xatolik 
to‘planib  qolishi  mumkin,  bu  esa  modellashtirish  dasturining  avariya  holati 
bilan to‘xtashiga olib keladi. 
     Multisim  dasturining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri-  bu  kompyuter 
sichqonchasini  intensiv  ishlatilishidir.  Klaviatura  matn  terish,  sonlarni 
kirgizish  va  buyruqlarni  tez  chaqirishda  qo‘llaniladi.  Agar  maxsus 
o‘zgartirilmasa,  Multisim  dasturining  ko‘p  parametrlari va  opsiyalari  sukunat 
rizoligi  bilan  tipik  (  ko‘pincha  –  ideal)  elektron  qurilmalarni  o‘rganishga 
o‘rnatilgan. 
     Multisim dasturi bilan ishlash 3 ta asosiy bosqichga bo‘linadi : 
1.
 
Sxemani yaratish; 


50 
 
  
2.
 
O‘lchov asboblarini tanlash va o‘rnatish; 
3.
 
Sxemani  aktivlashtirish,  ya'ni  o‘rganilayotgan  qurilmada  kechayotgan 
jarayonlarni hisoblash va nazorat qilish. 
     Sxemani  yaratishda  ko‘pchilik  amallar  sichqonchaning  chap  tugmasi  bilan 
bajariladi.  O‘ng  tugma  kontekst  menyuni  chaqirishda,  ya'ni  elementlar  yoki 
o‘lchov asboblari xususiyatlarini o‘zgartirishda ishlatiladi. 
     Ixtiyoriy bir zanjir tuzishda quyidagi amallar bajariladi :  
-
 
kerakli radioelementlar qidiriladi va topiladi
-
 
shu elementlarni dastur oynasi ishchi maydoniga o‘rnatiladi; 
-
 
elementlar simlar bilan sxemaga muvofiq ulanadi
-
 
elementlar parametrlari va qiymatlari o‘rnatiladi. 
     Radioelementlarni  qidirish  va  tanlash  sichqoncha  va  ikkinchi  belgilar 
chizg‘ichi  bilan  bajariladi.  Sichqoncha belgisini  element  ustiga  olib  borilsa, shu 
element  nima  ekanligi  kontekst  menyuda  chiqib  keladi,  ya'ni  element  tanlashda 
xatolik  bartaraf  etiladi.  Ko‘pincha  xatoliklar  elektr  manbalarini  tanlashda  sodir 
etiladi      (  masalan,  tok  manbai  kuchlanish  manbai  o‘rniga  qo‘yib  qo‘yiladi). 
Sxema  tarkibiga  albatta  korpus  (  Ground)  elementini  kiritish  kerak,  aks  holda 
sxemaning to‘g‘ri hisobi garantiyalanmaydi

Download 7,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish