Barcha asboblar anjomlar panelida joylashgan. Asosiylarini ko’rib
chiqamiz.
Multimetr. Multimetr o’zgaruvchan va o’zgarmas tok yoki kuchlanishni, qarshilik
yoki so’nishni sxemaning ikkita qismi orasidagilarni o’lchashga mo’ljallangan.
Multimetrni o’lchash diapazoni avtomatik tanlanadi. Uning ichki qarshiligi va
toki ideal qiymatga yaqin, ammo ularni o’zgartirsa bo’ladi (37- rasm).
37- rasm. Multimetr.
Signallar generatori. Signallar generatori (function generator) - bu kuchlanish manbai u to’g’ri
burchakli, arrasimon va sinusoidal impulslarni hosil qila oladi. Signal shaklini
chastotasini ampletudasini, to’ldirish koeffitsientini va siljish doimiysini
o’zgartirish mumkin. Generatorni diopazoni bir necha gersdan audio va radio
chastotalargacha yetarli bo’lgan qiymatlarda hosil qilib bera oladi (38- rasm).