Talabni prognoz qilishda qo’llaniladigan komp’yuter modellari ekstrapolyatsiya, ekspert baholari uslublaridan hamda korxonaning, ishchi kuchi ehtiyojiga ta’sir ko’rsatadigan omillar dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlardan bir yo’la foydalanish imkonini beradi.
Taklifni prognoz qilishda ham korxonaning o’zidan, ham korxonadan tashqaridan ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo’lgan ishchi kuchi mikdori aniqlanadi. Bunda absentizm, xodimlar kasbiy va xizmat vazifalarining o’zgarishi, qo’nimsizlik, ish vaqti fondining va boshqa mehnat sharoitlarining o’zgarishi hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |