Mehnatga haq to’lashning jamoa tizimiga o’tilsa, bajariladigan ishlarni “foydali”, “foydasiz”ga bo’lishga amalda barham beriladi. Chunki bu holda har bir ishchi jamoa - brigada, sex, uchastkaga topshirilgan hamma ishni bajarishdan moddiy jihatdan manfaatdordir. Jamoa ishbay tizymida xodimlar mehnatiga haqto’lash shaxsiy ishbay qiymati yoki umuman brigada, sex, uchastka uchun o’rnatilgan umumiy qiymatda, ya’ni jamoa qiymatida to’lanishi mumkin. Shaxsiy ishbay qiymatini umumiy topshiriqni bajarayotgan ishchilar mehnati qat’iy ravishda taqsimlab berilgan taqdirda o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Bunda haq bajarilayotgan ishga o’rnatilgan qiymat hamda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot miqdoriga muvofiq belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |