Ish haqining shakl va tizimlari. Ular ish vaqti sarfi, personalning mehnat unumdorliti va uning ish haqi miqdori nisbatlarini ifodalaydi, shuningdek ishhaqi elementlari: tarif qismi, ustamalar, qo’shimcha to’lovlar, mukofotlar o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq korxona, tashkilot va muassasalar mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarini mustaqil ravishda belgilaydilar. Bu jamoa shartnomalari yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda qayd etiladi.
Bugungi kunda mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari behisobdir. Qator kompaniya va firmalar o’zlarida joriy etilgan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini ixtiro (nou-xau) darajasida baholaydilar va oshkor etmaydilar. Mehnatga haqto’lashning shakl va tizimlarini umumlashtirgan holda quyidagi umumiy tasnifga (9.24- rasm) keltirish mumkin.
Xodim mehnatiga haq to’lash miqdori uning shaxsiy mehnat ulushi, mehnat sifatiga bog’liq bo’lib, ish haqi miqdori hech bir ravishda cheklanmaydi.
Ishbay haq miqdori xodimning mehnat unumdorligiga bog’liqdir. Ma’lumki, mehnat unumdorligi erishilgan ish natijasiga, xususan vaqt birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtiga qarab o’lchanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklini tanlash to’g’risida qaror qabul qilishdan avval bu shaklning personalga nisbatan korxona siyosatiga mos tushishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Jumladan, bajarilayotgan ishga ijodiy yondashuv ko’p hollarda mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida yaxshiroq samara keltiradi.
Mehnatga haq to’lash ishbay shaklining turlari ko’p (9.25- rasm).
Ular shaxsiy yoki jamoa asosida, bevosita va mukofotli bo’lishi mumkin. Uning progressiv va akkord turlari mavjud.
Tadbirkorlar o’rtasida ishbay tizimi xodimlar uchun rag’batlantiruvchi kuchga ega, mehnat unumdorligini oshiradi, mehnat xarajat-lari ustidan samarali nazorat o’rnatishni ta’minlaydi, degan fikrlar keng tarqalgan.
Biroq mehnatga haq to’lashning ishbay shakli va uning tizimlari boshqaruv uchun ancha murakkabdir. Chunki, bu tizimlarda samarali ishlab chiqarish standartlari, me’yorlari qo’llanilishi talab etiladi. Bu standart va me’yorlarni esa muntazam ravishda qayta ko’rib chiqish darkor. Shu bilan birgalikda ishbay shaklini barcha turdagi mehnat faoliyatiga qo’llab bo’lmaydi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli qo’llanilishi uchun quyidagilar mavjud bo’lishi lozim:
mehnatni me’yorlash imkoniyati;
mehnat sarfini hisobga olish imkoniyati;
mehnat natijasini hisobga olish imkoniyati;
unumdorlikni oshirish imkoniyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |