Bevosita qiziqtirish. Bu xodim shaxsiga va uning qadriyatlar
tizimiga ishontirish, ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Bevosita qiziqtirishning tashviqot, ibratni namoyish qilish, xabardor qilish va boshqa shakllari ham mavjuddir. Bevosita qiziqtirish, boshqaruvning, ob’ekti va sub’ekti o’rtasida ishonch, amaliy hamkorlik, oshkorlik, izchillik, qaror qabul qilishda mustaqillik, o’zaro yuksak mas’uliyat kabi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. Shunday qilib, bevosita qiziqtirish yangiliklarni joriy etishdan manfaatdor xodim shaxsini bevosita shakllantirishga qodirdir. Bundan tashqari, ushbu usul ko’p vaqt talab etmaydi.Ammo bevosita qiziqtirish kamchiliklardan ham xoli emas. Bu xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish, ular ichki dunyosiga kirish, ko’zlangan maqsadlarni chuqur asoslab berishni talab qiladi. Bunday ish olib borish uchun rahbar ishontirish, ehtirosli ta’sir ko’rsatish, shaxsan o’zi namuna ko’rsata olish qobiliyatlariga ega bo’lishi darkor. Bularning hammasi ushbu uslubni amaliyotda qo’llashni birmuncha cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |