Guruhda (jamoada) bo’lish motivi. Ushbu qiziqish ayniqsa personalni boshqarishning sharqiy (yaponcha) usuliga xos: guruhiy axloq, shaxsiy musobaqa mavjud emasligi, korporativ madaniyat va hokazolar. Ko’pgina sotsiologlar fikricha, ahil jamoada mehnat qilish, xodimni ishga qiziqtirishning eng jozibali turi hisoblanadi.
Shaxsiy o’zligini namoyon qilish motivi. Bu ko’pgina xodimlarga, ayniqsa yosh va etuk yoshdagi xodimlarga xos.
Mustaqillik motivi. Bu “xo’jayinlik" his-tuyg’usi kuchli bo’lgan xodimlarga xosdir. Mazkur insonlar “xo’jayinlik qilish va tadbirkorlikni mustaqil olib borish uchun” barqarorlikni qurbon qilishlari va yuqoriroqish haqidan voz kechishlari mumkin. Ular - ishbilarmonlar tavakkalchilik qilib, o’zlarining barqaror ish joylari, yuqori miqdordagi maoshdan voz kechib mustaqil ish boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |