Birinchi qism — personal muammosini aniqlash. Bu — ishlab chiqarish uchun personal ta’minoti bo’yicha nima talab qilinadi, degan savolga javob izlash kerak bo’ladi. Ishlab chiqarish dasturlarining hajmi hamda firmaning tashkiliy tizimi (xo’jalik strategiyasini amalga oshirishi kerak bo’lgan bo’limlar) talab etilayotgan ishchi kuchi miqdorini (faoliyatning har bir turi, ijtimoiy majburiyatlar va hokazolar bo’yicha mehnat sarfi hajmini hisob-kitob qilish asosida) va uning sifatini (bilim, tajriba, ko’nikma darajasi) aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |