personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari bilan muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish;
personalni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog’lash;
kadrlar xizmatining reja guruhi va korxona reja guruhi o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
korxona strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko’maklashadigan qarorlarni hayotga tadbiq etish;
korxonaga strategik rejalashtirishda kadrlar asosiy muammolari va ehtiyojlarini aniqlashga ko’maklashish;
korxona barcha bo’linmalari o’rtasida personal bo’yicha axborot ayirboshlashni yaxshilash.
Ushbu maqsad va vazifalar korxonaga kerakli malakaga ega zarur mikdordagi kadrlarni topish hamda saklab turish, o’z personali salohiyatidan eng samarali tarzda foydalanish, xodimlar ortiqchaligi yoki etishmasligi oqibatida paydo bo’ladigan muammolarni oldindan ko’ra bilishni ko’zlaydi.