Farmoyish bilan ta’sir ko’rsatish — boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy boshqarish orqali erishishga qaratilgan. Personalga farmoyish orqali ta’sir ko’rsatish vositalariga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ijro intizomi, mehnatni me’yorlash, ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga qaratilgan rahbariyat farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalarini keltirish mumkin.
Moddiy mas’uliyat. Bu xodimning mehnat faoliyati yoki faoliyatsizligi oqibatida korxonaga etkazilgan moddiy zararini qoplashdir.
Intizomiy mas’uliyat — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir.
Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo’l qo’yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan mansabdor shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |